Konsyumerizm taʻʻsirida butun hayoti bu dunyoda eb-ichib, undan lazzatlanib hayot kechirishga dasturlanib qolgan, oxirat haqida oʻylamaydigan, balki uni inkor qiladigan, hatto oʻzining “baxti” uchun oila qurmay, farzand koʻrmasdan oʻtadigan “zamonaviy odam”ni oʻzidan keyingi avlod haqida qaygʻurishga qanday undaymiz, degan savolga zamonaviy ijtimoiy-gumanitar fanlar tayinli javob berolganicha yoʻq. “Dunyoga bir marta keladigan boʻlsak, undan keyin chirigan tuproqqa aylanib, yoʻq boʻlib ketsak, nima uchun oʻzimizni emas, hali tugʻilmagan insonlarni oʻylab qiynalishimiz kerak”, deydigan tafakkurdagi insonlarga atrof-muhitni, ekologiyani asrab avaylash vijdon ishi, kelgusi avlod oldidagi masʻʻuliyat ekanligiga qanday ishontiramiz? Axir ular ertangi kunga beparvo odamlar emasmi?!

“Bahor mavsumida 9452 ta mahallaning har birida kamida ikki mingtadan jami 20000 ta koʻchat ektirilishi shart... 2500 ta koʻp qavatli uylar hududida oʻttiz foizda 250 mingta koʻchat ektirib “yashil hudud” barpo qilishimiz shart... Muhim masalani sizlarga yana bir martta aytmoqchiman. “Yashil makon” bu topshiriq emas, bu vijdonimiz, boʻlajak hayotimiz, farzandlarimiz oldidagi masʻʻuliyatimiz. Yashil makonni qilmaganlarni ertangi kunga beparvo odamlar deb qabul qilgan boʻlardim”.

Shavkat Mirziyoev,

Oʻzbekiston prezidenti

Prezidentning ushbu soʻzlarini eshitgach, Qurʻʻoni karimning ushbu oyati darhol yodimga tushdi: ...“Ey Rabbimiz! Oʻzing bizlarni va bizdan ilgari imon bilan oʻtganlarni magʻfirat etgin” ... (Hashr, 10)

Bugun ilm-fan taraqqiy etgan davrga kelib, insoniyat rivojlanishning turli yoʻllarini sinab koʻrdi. Ayniqsa, dunyoviylik ustun boʻlgan oxirgi ikki asr davomida insoniyat olam va undagi narsalarning haqiqati, insoniyatning mavjudligining asl sababi, haqiqiy baxt-saodat va unga eltuvchi yoʻllar haqida turli fikr va nazariyalarni ilgari surdi. Nima yaxshi va nima yomon va unga qanday erishiladi, degan savolga kapitalizm, modernizm, sekulyarizm, kommunizm, evgenika, tabiiy tanlanish, evolyutsionizm, konsekventsiyalizm, konsyumerizm kabi taʻʻlimot va yoʻnalishlar bir-biridan farqli yuzlab taxmin, gʻoya va nazariyalarni ilgari surdi. Biroq bularning birortasi insoniyat uchun yaxshilikning oʻzi nima, unga qanday erishiladi va unga nima sababdan amal qilish kerak, degan savolga yaxlit va yakuniy javobni berolganicha yoʻq.

XIX asr oʻrtalaridan boshlab sanoat inqilobining sodir boʻlishi, ishlab chiqarishning rivojlanishi va aholi sonining keskin ortishi Er yuzida misli koʻrilmagan tabiiy oʻzgarishlarga olib keldi. Yovvoyi tabiat katta talofat koʻrdi, koʻplab hayvon turlari qirilib ketdi, ulkan oʻrmonlar va yashilliklar quruq dasht va sahrolarga aylandi. Yildan yilga iqlim yomonlashib borayotgan bugungi davrda katta sahnalarda tez-tez tabiatni asrash haqida jar solinmoqda. Aksar davlatlarda ekologiyani asrash davlat strategik ahamiyatga ega vazifaga aylandi. Butun dunyo insoniyatni “yashil iqtisodiyot”ga oʻtishga undamoqda.

Xususan, Oʻzbekistonda ham bir necha yillardan beri “Yashil makon” loyihasi asosida atrof muhitni koʻkalamzorlashtirish, daraxt ekishga targʻib qilib kelinmoqda. Maqolaning avvalida keltirilganidek, Prezident Shavkat Mirziyoev ushbu vazifani “Yashil makon” bu topshiriq emas, bu vijdonimiz, boʻlajak hayotimiz, farzandlarimiz oldidagi masʻʻuliyatimiz”, deb baholadi.

Darhaqiqat, bizdan keyin keladigan avlod qanday Oʻzbekistonda yashashi, ularning jannatmakon diyorda yoxud suvsiz, daraxtsiz choʻlda yashashi aynan bugungi aholining sayʻʻ-harakatiga ham bogʻliq. Aynan, bizning bugun tabiatni asrab-avaylashimiz, uni obod qilishimizning samarasini bizdan keyingi avlod his qiladi. Nafaqat tabiatimiz, balki kelajak avlod foydalanishi mumkin boʻlgan er osti va er usti tabiiy boyliklarimiz ham shular jumlasidandir.

Biroq konsyumerizm taʻʻsirida butun hayoti bu dunyoda eb-ichib, undan lazzatlanib hayot kechirishga dasturlanib qolgan, oxirat haqida oʻylamaydigan, balki uni inkor qiladigan, hatto oʻzining “baxti” uchun oila qurmay, farzand koʻrmasdan oʻtadigan “zamonaviy odam”ni oʻzidan keyingi avlod haqida qaygʻurishga qanday undaymiz, degan savolga zamonaviy ijtimoiy-gumanitar fanlar tayinli javob berolganicha yoʻq. “Dunyoga bir marta keladigan boʻlsak, undan keyin chirigan tuproqqa aylanib, yoʻq boʻlib ketsak, nima uchun oʻzimizni emas, hali tugʻilmagan insonlarni oʻylab qiynalishimiz kerak”, deydigan tafakkurdagi insonlarga atrof-muhitni, ekologiyani asrab avaylash vijdon ishi, kelgusi avlod oldidagi masʻʻuliyat ekanligiga qanday ishontiramiz? Axir ular ertangi kunga beparvo odamlar emasmi?!

Biz kelgusi avlod uchun jon hozirdan jon kuydirib harakat qilsak, daraxt eksak, suvni iqtisod qilsak, tabiiy boyliklarni saqlab qolsak, ular mevasini biz qiynalganlar emas, keyingilar koʻrishadimi? Ulardan bizga nima naf? Umuman bugun yashab, yaqin yuz yilda oʻlib ketadigan insoniyat uchun, materiyalistik nuqtai nazardan Er yuzida insoniyatning yashab qolishi yoki qirilib ketishining qanday axloqiy ahamiyati bor?

Mana shu savolga bugungi kunda dunyoviy fanlarning birortasi hikmat bilan javob bera olmagan. Evolyutsionizm va tabiiy tanlanish nazariyasiga koʻra, bundan avvalgi million yillar davomida yashab, keyin qirilib ketgan minglab turdagi hayvonlarning bor-yoʻqligi bugun bizga issiq-sovuq boʻlmaganidek, insoniyatning bundan yuz-ikki yuz yil keyin butkul halok boʻlishining materialistik olam uchun ahamiyati yoʻq. Shunday ekan, nima sababdan hayotda mazza qilib yashamasdan, odam oʻzidan “Allohning er yuzidagi xalifasi”ni yasab olib, tabiat haqida qaygʻurishi, uni kelajak avlod uchun asrab qolishi uchun hayotini bagʻishlab, ter toʻkishi kerak? Undan koʻra mazza qilib eb-ichib yashab qolsa boʻlmaydimi? Baribir oʻlib ketadiku.

Yoʻq, islom bunday tor fikrda oʻylamaydi. Islom insoniyatga bu dunyoda ham oxiratda ham manfaat keltirgan narsalani oʻrgatadi va shunga buyuradi. Sizning bugun keyingi avlod uchun qilgan yaxshiliklaringiz uchun, kelajak avlod: “Ey Rabbimiz! Oʻzing bizlarni va bizdan ilgari imon bilan oʻtganlarni magʻfirat etgin”, deb duo qiladi. Ularning duosi esa, sizga oxiratda inshaalloh manfaat keltiradi.

Ehtimol, bugungi har bir fuqaro va amaldorlarimiz nafaqat ekayotgan daraxtimiz, balki jamiyatda qilayotgan har bir ezgu-amalimiz, toʻgʻriligimiz, islohotlarimiz, taʻʻlim olib, taʻʻlim berishimiz, odamlarni yaxshilikka chaqirib, yomonlikdan qaytarishimiz, umuman, biz bu vatanimizni qanday topgan boʻlsak, undan yaxshiroq holatda qoldirish uchun qilayotgan har bir amalimiz kelajak nasllarimiz uchun xayrli va foydali boʻlar. Ehtimol oʻshanda bizning imonli va solih farzandlarimiz, bizning haqimizga ham: “Ey Rabbimiz! Oʻzing bizlarni va bizdan ilgari (Senga va oxirat kunidagi hisob-kitobga) imon bilan oʻtganlar (va shunga yarasha biz uchun solih amallarni qilib ketganlar)ni magʻfirat etgin”, deb duo qilib qolsa ajab emas.

“Albatta, Sen mehribon va rahmli zotdirsan!”

Muhammad Ziyo

Mavzuga aloqador