Mulohaza yuritganimizda biz kashf qiladigan va kashf qilishimiz kerak boʻlgan birinchi narsa shuki, bizga hayot ato etgan Zotgina unga qiymat ham bera oladi. Agar biz bunday manba yoʻq va hayot shunchaki, koʻr-koʻrona tasodif degan bemaʻʻnilik bilan oʻzimizni aldasak, unda hech qanday qiymat boʻlishi mumkin emas: yaxshilik yoki yomonlik, toʻgʻrilik va notoʻgʻrilik uchun asos ham boʻlmaydi. Boshqacha qilib aytadigan boʻlsak, agar Xudo yoʻq boʻlsa, axloq ham boʻlishi mumkin emas, chunki axloq asosan Xudoni izlash mashqidir. Toledo universiteti (AQSh) falsafa boʻlimida islomshunoslik kafedrasi mudiri, Yaqeen islomshunoslik instituti bosh muharriri va Ummatics institutining asoschisi Ovamir Anjum maqolasi.

Toʻgʻri (fitriy) aqlga ergashish

Keling, yana bir bor aqlga murojaat qilamiz, lekin bu safar Xudoga va haqiqatga qarshi emas, balki unga muvofiq javob beradigan toʻgʻri aqlga yuzlanamiz.

Mulohaza yuritganimizda biz kashf qiladigan va kashf qilishimiz kerak boʻlgan birinchi narsa shuki, bizga hayot ato etgan Zotgina unga qiymat ham bera oladi. Agar biz bunday manba yoʻq va hayot shunchaki, koʻr-koʻrona tasodif degan bemaʻʻnilik bilan oʻzimizni aldasak, unda hech qanday qiymat boʻlishi mumkin emas: yaxshilik yoki yomonlik, toʻgʻrilik va notoʻgʻrilik uchun asos ham boʻlmaydi. Boshqacha qilib aytadigan boʻlsak, agar Xudo yoʻq boʻlsa, axloq ham boʻlishi mumkin emas, chunki axloq asosan Xudoni izlash mashqidir.

Demak, ezgulikning eng afzali bu oʻz-oʻzidan Xudodir. Ilohiy vahiy ushbu tabiiy fikrlash chizigʻidagi tafsilotlarni toʻldiradi. Xudo butun hayotning Yaratuvchisi va Rizqlantiruvchisi boʻlgani sababli yashashga arziydigan yagona hayot bu Yaratuvchini izlash bilan oʻtkazilgan hayotdir. Yaratuvchi - bu barcha vahiy qilingan dinlarning eng asosiy xabari boʻlib, soʻqir kuch-qudrat mahsuli emas. Nomsiz energiya yoki inert haqiqatdan farqli ravishda, U irodali, Oʻz ijodini biladigan va yaxshi koʻradigan, yaxshi narsalarni sevadigan Zotdir. Barcha yaxshi amallar ortida Xudoga talpinish gʻoyasi yotishi lozim, aks holda ular yaxshilik qiymatidan mahrum boʻladi.

Hayotda qiymat ham, axloq ham mujassam, chunki Alloh taolo insonni sharaflagan va hayot yaratish uchun insonga Oʻz nafasini puflagan (Qurʻʻoni karim, Hijr, 29; Sod, 72; Sajda, 9). Agar ruh Allohning nafasi, namoyoni va inʻʻomidan boshqa narsa boʻlmasa, unda Undan (Yaratgandan) boshqa nima uni xursand qila olsin?

Xudoning amri oʻzboshimchalikmi yoki oqilona va axloqiymi? Shariat yaxshilikka va adolatga buyuradi

Paygʻambar risolati haqidagi Qurʻʻon bayoni uning oqilona tabiatiga urgʻu beradi, chunki Xudo inson tabiatiga maʻʻlum boʻlgan toʻgʻri va foydali narsalarni qilishni buyurgan. Xudo Oʻzi xohlagan narsani buyurishga mutlaq haqli va U haqiqatan ham baʻʻzi bir qadimgi qavmlarni yaxshi yoki maʻʻqul emas, shunchaki sinov boʻlgan amrlar bilan sinab koʻrgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga berilgan mukammal shariatdan bunday amrlar olib tashlandi va shu tariqa uni mukammallashtirdi:

“U paygʻambar ularni yaxshilikka buyuradi, yomonlikdan qaytaradi va pok narsalarni ular uchun halol qilib, nopok narsalarni ularga harom qiladi hamda ulardan yuklarini va ustlaridagi kishanlarini olib tashlaydi. Bas, unga iymon keltirgan, uni ulugʻlab, unga yordam qilgan hamda uning (kelishi) bilan nozil qilingan nurga (yaʻʻni Qurʻʻonga) ergashgan zotlar – ana oʻshalargina najot topguvchilardir”. (Aʻʻrof, 157)

Bu oyat Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga berilgan shariat, Alloh huzurida nima toʻgʻri va nima notoʻgʻri ekanining mezoni inson tabiati uchun ochiqligi va uning meʻʻyori oʻzboshimcha yuk va kishanlarni olib tashlash va yaxshi hayot kechirish ekanligini taʻʻkidlaydi.

Mutaqaddim musulmon olimlari axloqiy haqiqatlar vahiy yordamisiz inson aqli oldida ravshan va oydin boʻlmasligi haqida ixtilof qilganliklarini yuqorida taʻʻkidlagan edik. Barcha olimlar ilohiy amrning oqilona va foydaliligiga ittifoq qiladilar, ammo bu nazariy kelishmovchilikni bu erda faqat olimlarimiz Allohning vahiysiga xizmat qilishda axloqiy falsafani qanchalik chuqur va obdan muhokama qilganliklarini eslab qolish uchun takrorlash maqsadga muvofiqdir. Toʻrt diniy maktabdan uchtasi – anʻʻanachilar, Moturidiyya va Muʻʻtazila axloqiy haqiqatlar chindan ham inson aqliga maʻʻlum deb taʻʻkidlagan boʻlsa, bittasi – Ashʻʻariyya, bu fikrga qoʻshilmagan.

Ashʻʻariylik vakillari inson aqlining nima foydali yoki nima zararli ekanligini bilishini inkor etmadilar, lekin ular buni oxiratda yaxshilik yoki yomonlikni bilishdan Alloh tomonidan mukofot yoki jazoga ega boʻlish maʻʻnosida farqlaydilar. Ilohiy qudratni hifz etish uchun ular Alloh taoloning vahiysidan oldin va undan tashqari hech qanday yaxshilik yoki yomonlik tartibi mavjud emas, deb hisoblaydilar, bunda Alloh taolo Oʻzi istagan narsani buyuradi, istamaganidan qaytaradi.

Boshqalar esa Alloh taolo inson tabiatiga jo aylagan va inson aqli oldida oydin ilm vahiy meʻʻyorlariga mos keladi, deb hisoblaydilar. Biroq hamma ochiq-oydin bayon qilingan vahiy meʻʻyorlari shubhasiz ustunlikka ega ekaniga ittifoq qiladi. Demak, tafovutlar vahiy sukut saqlagan hollardagina oʻz foyda va samarasini berishi mumkin.

Shu oʻrinda shuni aytish kifoya qiladiki, Ashʻʻariyya ham Imom al-Gʻazzoliy singari shariat shaklidagi islomiy huquqiy normalarning aslida ham foydali va shuning uchun oqilona ekanligiga shubha qilmaydi. Demak, barcha maktablar Allohning qonuni bu hayotda manfaatli va oqilonaligi, oxirat uchun saodat yoki baxtsizlik mezoni ekaniga amalda yakdildir. Anʻʻanaviy maktab qarashlari Imom Ibn al-Qayyim tomonidan quyida juda yaxshi taʻʻriflangan:

Darhaqiqat, shariat hikmat va bandalarning dunyo va oxiratda saodatga erishishiga asoslanadi. Bu tamomiy adolat, rahm-shafqat, foyda va hikmatdir. Zulm uchun adolat, shafqatsizlik uchun rahm-shafqat, buzuqlik uchun manfaat va telbalik uchun hikmat tark qilingan har bir masala, hatto talqin orqali kiritilgan boʻlsa ham, shariatdan boʻlmaydi.

Demak, Alloh taoloning barcha yaxshiliklarning mohiyatini qamrab olgan va har qanday yomonliklarning mohiyatini qaytaruvchi ochiq amr va taqiqlaridan tashqari, ulamolar qiyos va qonunning maqsad va vazifalarini hisobga olgan holda aqliy maʻʻnolarni kengaytiradilar. Bu huquq, fiqh sohasi.

Ammo fiqhdan tashqarida ham botiniy tafakkur, tarbiya (ruhiy tarbiya) va botiniy poklanish (tazkiya), amallarimizni isloh qilish, oqilona chamalash orqali niyat va odatlarni tarbiyalash, fiqh oldida qilish tavsiya etilgan yoki muboh koʻrinishida qoldirilgan xayrli amallarni koʻpaytirishga ehtiyoj mavjud.

Taxminan, 200 marta Alloh Qurʻʻonda maʻʻlum bir shakl yoki muayyan guruhga ishora etmagan holda “yaxshi amallar qilish”ni buyuradi. Alloh “yaxshi amallarni” maʻʻlum bir amrlar yoki ibodat marosimlarini bajarish bilan cheklamaydi.

Qurʻʻon va Paygʻambar alayhissalomning ibrat namunasi, Alloh taolo solihlar haqida taʻʻrif berganidek, biz muhtojlikdagi har qanday kishiga  yaxshilik qilishga, Alloh uchun minnatdorchilik va dunyo mukofotini kutmay, ixlos bilan yaxshi amallar ado etishga buyurilganimizga dalolat qiladi.

“Albatta, biz sizlarni faqat Allohning roziligi uchun ovqatlantiramiz. Buning evaziga sizlardan mukofot yoki tashakkur xohlamaymiz” (Inson, 9).

Koʻpgina oyatlar shuni koʻrsatadiki, yaxshi ishlar faqat musulmonlarga Islomni qabul qilish sharti bilan cheklab qoʻyilmagan. Qurʻʻoni karimda musulmon boʻlmagan ota-ona, qarindosh-urugʻ va miskinlarga beriladigan sadaqa va mehr haqida alohida soʻz boradi. Islomda yaxshi amallar oxiratda ham boshqalarga foyda keltirish bilan chegaralanmaydi; bizdan odamlar va hatto hayvonlarga ham yordam berish va rahm-shafqat koʻrsatish soʻraladi. Alloh mehribon, saxovatu rahm-shafqatni yaxshi koʻradi va paygʻambarning sunnatiga muvofiq boʻlgan har bir ixlos bilan bajarilgan amalimiz uchun bizni oʻz mukofoti bilan siylaydi.

Boshqacha qilib aytganda, biz moʻmin sifatida farzlardan boshlab, ilohiy vahiyda ochiq-oydin bayon qilingan va fiqhiy meʻʻyorlarda zikr qilinmagan barcha yaxshiliklarni qilishga intilmogʻimiz, buni sevishimiz va oʻzimiz uchun odat tusiga aylantirmogʻimiz lozim.

Toledo universiteti (AQSh) falsafa boʻlimida islomshunoslik kafedrasi mudiri, Yaqeen islomshunoslik instituti bosh muharriri va Ummatics institutining asoschisi Ovamir Anjum.

Davomi bor. Avvalgi qismlarni oʻqish

Yaxshi inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (1-qism)

Yaxshi inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (2-qism)

Yaxshi inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (3-qism)

Yaxshi inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (4-qism)

Mavzuga aloqador