UEFA bosh kotibi Teodor Teodoridis Isroil xuddi Rossiya singari futbol musobaqalaridan chetlashtiriladimi, degan savolga: “Isroil va Rossiyaning pozitsiyasi boshqacha. Isroil turnirlardan chetda qolmaydi”, ‑ deya javob berdi. Bu haqda TRT xabar qildi.

Qayd etilishicha, 8 fevralʻ, payshanba kuni Yaqin Sharqning 12 davlati Isroilning Falastindagi harbiy amaliyoti tufayli xalqaro turnirlarda ishtirok etishni taqiqlab qoʻyishni soʻrab FIFAga murojaat qildi. Xat UEFA idorasiga ham yuborilgan.

Avvalroq Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorligi boshlangani sababli, UEFA Rossiya terma jamoasiga qarshi sanktsiyalar joriy qilgan edi. Lekin negadir Isroilning Falastinga qarshi shunga oʻxshash, balki undan ham qonliroq urushi va tajovuzkorligi hisobga olinmadi”, ‑ deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 2023 yil 7 oktyabrdan keyin Isroil tajovuzi sababli 27 mingdan ortiq falastinlik halok boʻldi, ularning 40 foizi bolalardir.

Mavzuga aloqador