Pokistondagi milliy saylovlarda qamoqdagi sobiq bosh vazir Imron Xonning Pokiston Adolat uchun Harakati 98 ta oʻrin bilan etakchilik qilmoqda. 8 fevralda boʻlib oʻtgan umummilliy saylovlar natijalarini hisoblash davom etmoqda.

Pokistonda 8 fevralda boʻlib oʻtgan Milliy Assambleya va viloyat assambleyalariga saylovlar natijalari chiqishda davom etmoqda. Saylov komissiyasi 266 oʻrinli Milliy assambleyadagi 250 oʻrin taqsimotini eʻʻlon qildi.

Qamoqdagi sobiq bosh vazir Imron Xonning partiyasi boʻlgan Pokiston Adolat uchun Harakati (PTI) tomonidan qoʻllab-quvvatlangan mustaqil deputatlar 98 oʻrin, sobiq bosh vazir Navoz Sharif boshchiligidagi Pokiston musulmon ligasi-Navaz (PML-N) 71 oʻrin, Bilaval Bxutto Zardoriy boshchiligidagi Pokiston Xalq partiyasi (PPP) esa 53 oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Dastlabki natijalarga koʻra, Milliy assambleya saylovlarida PTI etakchilik qilmoqda.

Saylovchilarning saylovdagi ishtiroki haqidagi maʻʻlumotlar hozircha eʻʻlon qilingani yoʻq. 2013 yilda Pokistonda saylovchilarning ishtiroki 55,02 foizni, 2018 yilda esa 51,7 foizni tashkil qilgan.

Pokistonda 5 yil davomida qonunchilik vazifasini bajaradigan Pokiston Milliy Assambleyasi va viloyat majlislariga saylovlar uchun ovoz berish 8 fevralʻ payshanba kuni boʻlib oʻtgan edi.

Pokistonda oxirgi umumiy saylovlar 2018 yil 25 iyulda boʻlib oʻtgan va Imron Xon hukumati hokimiyatga kelgan edi. 2022 yil 10 aprelda Pokiston Milliy Assambleyasida oʻtkazilgan ishonch ovozida Imron Xon hukumati 174 ovoz bilan yiqildi.

Navoz Sharifning ukasi, uch muddat bosh vazirlik qilgan Shahboz Sharif 2022 yil 11 aprelda bosh vazir etib saylandi va mamlakatni 2023 yil avgustigacha boshqardi.

Mamlakatni umumiy saylovlarga qadar boshqaradigan muvaqqat hukumat bosh vaziri Anvarul Haq Kakar 2023 yil 14 avgust kuni qasamyod qildi. 

Mavzuga aloqador