19.08.2024 20:02

“Hayotga qarashingni oʻzgartir”: deizm xatosi

Bugun – bilim, maʻʻlumot koʻpaydi, ilm olish imkoniyatlari chek-chegara bilmay qoldi. Biroq ilm-fan taraqqiy etgani sari ruhiy tanazzul, insoniylikdan, yaratilish mazmun-mohiyatidan uzoqlashish, hissiy va qalbiy haqiqatlarni aql va mantiq bilan inkor etish ham kuchaydi. Ana shunday inkorchilar orasida deistlar ming yillar davomida haqligini millionlab bor isbotlagan haqiqatlarni rad etishni boshladi. Ushbu izlanishimizda ularni fosh qilish, oʻzlarining usullari, aql va mantiq yoʻli bilan inkor etishni maqsad qildik. Birinchi qism – bebaho sezgilar insonga nima uchun berilgani haqida.

 

1. Bebaho sezgilar insonga nima uchun berildi?

Bir sulton ikki xizmatkorini huzuriga chaqirdi. Bittasining qoʻliga oʻn oltin berib, chiroyli matodan bir qavat kiyim tiktirishni buyurdi. Ikkinchisini esa ming tanga va nimalardir yozilgan qogʻozni choʻntagiga solib, bozorga joʻnatdi.

Birinchi xizmatkor berilgan pulga eng goʻzal matodan ajoyib libos oldi. Ikkinchisi ahmoqlik qilib, sherigiga oʻzini tengladi va choʻntagidagi qogʻozni oʻqib ham koʻrmay, doʻkonga kirdi. Sotuvchiga ming oltinni tutqazib, bir qavatgina kiyim berishini soʻradi. Insofsiz doʻkondor: “Bu odam sogʻ emasov, dovdir boʻlmasa, oʻn oltinlik molga ming oltin berarmidi?” deb eng rasvo matodan tikilgan libosni koʻrsatdi. Butun sarmoyasini arzimas narsaga sarflagan badbaxt xizmatkor saroyga qaytdi. Choʻntagidagi qogʻozni ochib, qaramagani va ahmoqona xaridi sababli sulton uni jazolashni buyurdi:

“Agar sening sifatsiz kiyim olishingni xohlaganimda, ming emas, birinchi xizmatkorim singari oʻn tanga bergan boʻlardim. Chunki matoning eng yaxshisi bu bozorda oʻn oltin turadi. Qoʻlingga ming tanga berganimdan ham seni bir qator kiyim uchun yubormaganimni tushunmadingmi? Agar choʻntagingdagi qogʻozga qaraganingda edi, maqsadimni bilgan va sarmoyangni bekorga ishlatmagan boʻlarding. Qilmishing uchun jazongni tortasan endi!”

Keltirilgan misolning haqiqati bayoniga kelsak, hikoyadagi sulton azalu abadning Egasi boʻlmish Rabbimizdir. Kam mablagʻ berilgan xizmatkor hayvonlarni; oʻn tanga ularga ato qilingan sezgilar va sharoitning qiymatini; bozor esa dunyoni ifodalaydi. Ming oltin – odamzotga inʻʻom etilgan aql, qalb, koʻz va til kabi neʻʻmatlar hamda narsa-buyum, jihozlarning bahosi. Ikkinchi xizmatkorning choʻntagidagi qogʻoz unga yuritishi kerak boʻlgan tijoratni oʻrgatgan samoviy kitoblar va ularning avvalida turguvchi Qurʻʻoni karimdir.

Darhaqiqat, inson bu dunyoga hayvon singari yashash va lazzatlanish uchun kelmagan. Unga berilgan sarmoya muhim tijorat uchundir. Agar hayvondek hayot kechirish uchun yuborilgan boʻlsaydi, ming oltinga, yaʻʻni bunchalar qiymatli jihozlarga va sezgilarga nima hojat bor edi? Unga ham hayvonlarga berilganchalik berilar, bundan ortigʻiga ehtiyoj qolmasdi.

Asl haqiqat shu boʻlgani holda, deistlar hayvondek yashash uchun yaratildik, deb daʻʻvo qilishadi. “Hayvon kabi yashaymiz, oʻlamiz va yoʻqlikka singamiz”, deyishadi hamda bu qarashni ifodalarkan, aqldan foydalanishadi.

Mazkur namoyishda deizmning qanchalar bemaʻʻnilik ekanini, Allohning izni ila, qatʻʻiy tarzda isbotlashga harakat qilamiz. Suhbatdoshimiz esa deist. U bilan gaplashib, tanlagan yoʻli ahmoqlikdan boshqa narsa emasligini koʻrsatib beramiz.

Bu koʻrsatuvni aqliga va vijdoniga quloq solib, tomosha qilganlar, inshaalloh, deizm xastaligidan qutuladi.

Ushbu namoyishda paygʻambarlar va kitoblar yuborilishining zarurati ikki karra ikki toʻrt aniqligida isbotlab berilgan.

Yordam va inoyat, hidoyat va salomat Allohdandir!

Mavzuga aloqador