30.01.2024 13:09

Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon saylovlar oldidan yana 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Pokiston sudi seshanba kuni sobiq bosh vazir Imron Xonni davlat sirlarini oshkor qilganlikda ayblab, 10 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Sobiq bosh vazirga qarshi yana yuzga yaqin sud ishlari davom etmoqda. Unga qoʻyilgan ayblovlar orasida korruptsiya, terrorizm va hatto kufrni ham oʻz ichiga oladi.

Sobiq TIV rahbari Shoh Mahmud Qurayshiy ham 10 yilga qamalgan.

Pokiston maxsus sudi seshanba kuni sobiq bosh vazir Imron Xonni davlat sirlarini oshkor qilganlikda ayblab, 10 yillik qamoq jazosiga hukm qildi, deya xabar bermoqda BBC.

Ayblov xulosasiga koʻra, Xon Pokistonning Vashingtondagi elchisi hukumatga yuborgan maxfiy telegramma mazmunini oshkor qilgan.

Pokistonning sobiq tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy ham 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilingani bildirildi.

2022 yilda bosh vazir lavozimidan chetlashtirilgan Imron Xon 2023 yil avgustida korruptsiyada aybdor deb topilib, uch yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi.

Sobiq bosh vazirga qarshi yana yuzga yaqin sud ishlari davom etmoqda. Unga qoʻyilgan ayblovlar orasida korruptsiya, terrorizm va hatto kufrni ham oʻz ichiga oladi.

Xonning taʻʻkidlashicha, unga qarshi kampaniya uning lavozimga qaytishiga yoʻl qoʻymaslik uchun uyushtirilgan.

Birinchi marta sudlanganidan soʻng, unga nomzod boʻlish taqiqlangandi, biroq Xonning advokatlari bir qator apellyatsiya arizalari bilan murojaat qilishib, ishni qayta koʻrib chiqishni talab qilishdi.

Yangi 10 yillik qamoq jazosi uni nafaqat siyosatga qaytish, balki ozodlikka chiqish imkoniyatidan ham mahrum qiladi.

Sobiq bosh vazirning «Tahrik-i-Insaf» partiyasi ishni uydirma deb hisoblashda davom etmoqda va hukmga eʻʻtiroz bildirmoqchi, deb xabar bermoqda Reuters.

Mavzuga aloqador