09.02.2024 07:17

Pokistonda saylov kuni 51 marotaba terakt uyushtirildi: 12 kishi halok boʻldi

8 fevralʻ kuni Pokiston qonun chiqaruvchi organi – Milliy Assambleya va viloyat kengashlarga boʻlib oʻtgan saylovlar chogʻida mamlakat boʻylab 51 ta terror hujumi uyushtirildi. Hodisalarda 12 kishi, jumladan, 2 nafar tinch aholi vakili halok boʻldi, 39 nafar huquq‑tartibot organi xodimi jarohatlandi.

8 fevralʻ kuni Pokiston qonun chiqaruvchi organi – Milliy Assambleya va mahalliy kengashlarga boʻlib oʻtgan saylovlar chogʻida mamlakat boʻylab 51 ta terror hujumi uyushtirildi. Bu haqda Anadolu Pokiston armiyasi maʻʻlumotlariga tayanib xabar qildi.

Qayd etilishicha, saylov kuni mamlakat boʻylab uyushtirilgan 51 terror hujumida 10 nafar xavfsizlik xodimi va 2 nafar tinch fuqarodan iborat jami 12 kishining hayotdan koʻz yumdi, 39 nafar xavfsizlik xodimi yaralandi. Hujumlarning aksariyati Haybar Paxtunxva va Balujiston viloyatlarida sodir etilgan.

Toʻqnashuvlarda 5 terrorchining zararsiz holga keltirilgani bildirilgan bayonotda koʻplab ehtimoliy tahdidlar bartaraf etilganiga urgʻu berildi.

Shuningdek, taxminan 6 mingta “nozik ovoz berish punktida saylov xavfsizligini taʻʻminlash uchun 137 ming askar va harbiylashtirilgan boʻlinma, 7 800 tezkor javob kuchlari ajratilgani qayd etildi.

Pokistonda 5 yil davomida qonun chiqaruvchi organ vazifasini bajaradigan Pokiston Milliy Assambleyasi va viloyat majlislari saylovi uchun mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da boshlangan ovoz berish jarayoni 17:00 da yakunlandi.

Mavzuga aloqador