Pentagon mayori Xarrison Mann AQSh Isroilning Gʻazodagi urushini qoʻllab-quvvatlagani uchun isteʻʻfoga chiqdi. Bu Amerika harbiy va razvedka hamjamiyatining aʻʻzosi birinchi marta ommaviy isteʻʻfosi hisoblanadi. "Oʻtgan oylar bizga Falastin voqealari tasvirlangan eng dahshatli va yurakni ezuvchi tasvirlar taqdim etildi va men bu tasvirlarni eʻʻtiborsiz qoldira olmadim. Bu menda aql bovar qilmaydigan aybdorlik hissini paydo qildi", - dedi Mann.

Pentagon mayori Xarrison Mann oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida AQSh Isroilning Gʻazodagi urushini qoʻllab-quvvatlayotganiga norozilik sifatida isteʻʻfoga chiqishini eʻʻlon qildi.

AQShning Gʻazoga hujumlarida Isroilni «shartsiz» qoʻllab-quvvatlaganiga ishora qilgan Mann mazkur siyosat sababli Gʻazoda oʻn minglab begunoh falastinliklarning oʻldirilishidan noroziligini bildirdi.

Mannning soʻzlariga koʻra, razvedkada ishlayotganida atrofidagi hamkasblari Isroilni qoʻllab-quvvatlagani uchun oʻzini “muqobil koinotda yashayotgandek his qilgan”. Mayorning qoʻshimcha qilishicha, "bu soʻzsiz qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, urush kuchayishini ragʻbatlantiradi".

AQSh armiyasida 13 yil xizmat qilgan, Yaqin Sharqda razvedka boʻyicha tahlilchi boʻlib ishlagan Mann yahudiylarning Evropa merosidan iqtibos keltirdi. 

"Oʻtgan oylar bizga Falastin voqealari tasvirlangan eng dahshatli va yurakni ezuvchi tasvirlar taqdim etildi va men bu tasvirlarni eʻʻtiborsiz qoldira olmadim. Bu menda aql bovar qilmaydigan aybdorlik hissini paydo qildi", - dedi Mann oʻz postida.

Avvalroq, 25 yoshli AQSh harbiy-havo kuchlari zobiti Aaron Bushnell 24 fevralʻ kuni Vashingtondagi Isroil elchixonasi oldida “Men endi genotsid jinoyatida ishtirok etmayman”, deb eʻʻlon qilib, boshiga benzin sepib, oʻziga oʻt qoʻygan edi. Harbiy kiyim kiygan Bushnell “Falastinga ozodlik” shiorini aytib hayqirgan.

Bayden maʻʻmuriyatining Gʻazo siyosati bilan bogʻliq holda AQShga qurol-yarogʻ etkazib berishni nazorat qilgan sobiq Davlat departamenti direktori Josh Pol va Davlat departamentida ikki yillik tashqi ishlar xodimi Annele Shelin ham isteʻʻfoga chiqishlarini oshkora eʻʻlon qildi.

Mavzuga aloqador