Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu BMT Xavfsizlik Kengashida Gʻazo boʻyicha rezolyutsiyaga veto qoʻymagani uchun AQShga delegatsiya yubormaslikka qaror qildi.

Isroil Bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu Isroil delegatsiyasini AQShga yubormaslikka qaror qildi. Bunday qarorga kelishiga Vashington BMT Xavfsizlik Kengashining Ramazon oyida Gʻazoda garovga olinganlarni ozod qilishni talab qilmasdan oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyasiga veto huquqidan foydalanmagani sabab boʻldi, deb yozmoqda TRT.

"Amerika pozitsiyasining oʻzgarishi munosabati bilan bosh vazir Netanyaxu delegatsiya uyda qolishga qaror qildi", - deya xabar qildi Netanyaxu idorasi.

"Bir necha kungina avval sulh tuzilishini garovdagilarning ozod qilinishi bilan bogʻlab turgan AQSh Xavfsizlik Kengashidagi barqaror pozitsiyasidan uzoqlashdi”, - deyiladi xabarda.

Bunga javoban Oq uyning strategik aloqalar boʻyicha koordinatori Jon Kirbi Isroil qaroridan hafsalasi pir boʻlganini bildirdi: “Bu hafsalamiz pir boʻldi. Vashingtonga ular bilan Rafahga quruqlikdan bostirib kirishlariga muqobil muqobillar haqida mazmunli suhbat oʻtkazishimizga imkon berishmaganidan juda xafamiz. [...] Bizning Rafahdagi yirik quruqlik hujumi katta xato boʻladi, degan fikrimizda hech narsa oʻzgarmadi”.

Kirbi AQSh uchrashuv bekor qilinganiga qaramay, Isroil siyosati bilan bogʻliq xavotirlarini muhokama qilishda davom etishini taʻʻkidladi.

Eslatib oʻtamiz, 25 mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashi 10 martdan boshlangan Ramazon oyida Gʻazoda harbiy harakatlarni toʻxtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani maʻʻqulladi. Rezolyutsiya BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy boʻlmagan oʻn nafar aʻʻzosi tomonidan taklif etilgan. Hujjatni Xavfsizlik kengashiga aʻʻzo 14 davlat, jumladan, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya va Frantsiya qoʻllab-quvvatladi. AQSh ovoz berishda betaraf qoldi.

Mavzuga aloqador