AQSh saylovchilarining 86 foizdan ortigʻi 81 yoshli prezident Jo Baydenni qayta saylanish uchun "juda qari" deb hisoblashi maʻʻlum boʻldi. Avvalroq Jo Bayden xotirasi zaiflashgani haqidagi ayblovlarni rad eta turib, Misr prezidentini Meksika prezidenti deb yuborgan edi.

AQShda saylovchilarning 86 foizdan ortigʻi 81 yoshli prezident Jo Baydenni qayta saylanish uchun "juda qari" deb hisoblaydi. 9-10 fevralʻ kunlari ABC News/Ipsos tomonidan oʻtkazilgan soʻnggi soʻrovnoma natijalari bunga guvohlik bermoqda.

Shu bilan birga, respondentlarning 59 foizi Bayden va AQShning sobiq prezidenti Trampning yoshiga tanqidiy yondashadi. Respondentlarning 27 foizi faqat Bayden yangi prezidentlik muddati uchun juda qari, degan fikrda. Mustaqil saylovchilar orasida bu koʻrsatkich Bayden uchun 91 foiz, Tramp uchun esa 71 foizni tashkil etdi.

Xuddi shu soʻrov natijalariga koʻra, amerikalik saylovchilarning aksariyati Tramp mamlakat chegaralarini Baydenga qaraganda yaxshiroq himoya qiladi, deb hisoblaydi. Iqtisodiyot, jinoyatchilik va inflyatsiya kabi masalalarda ham amerikaliklar Baydendan koʻra Trampga koʻproq ishonmoqda.

Avvalroq Jo Biden maxsus prokuror Robert Xurning xotirasi va qariligi haqidagi ayblovlarini inkor etar ekan, xuddi shu yigʻilishning oʻzida Misr prezidenti Sisini "Meksika prezidenti" degan edi. 

Mavzuga aloqador