09.02.2024 14:40

Xotirasi joyida ekanini aytgan Bayden Sisini Meksika prezidenti dedi

AQSh prezidenti Jo Biden maxsus prokuror Robert Xurning xotirasi va qariligi haqidagi ayblovlarini inkor etar ekan, xuddi shu yigʻilishning oʻzida Misr prezidenti Sisini "Meksika prezidenti" dedi.

Oq uyda oʻtkazgan matbuot anjumanida AQSh prezidenti Jo Bayden maxsus prokuror Xur tomonidan yangi eʻʻlon qilingan hisobotga munosabat bildirdi.

Bayden uyidan topilgan maxfiy hujjatlar borasida boshidanoq prokuratura bilan hamkorlik qilganini, tegishli fayllarning koʻpini oʻzi emas, balki mutasaddilar olib yurishi, maxfiy fayllarni ataylab yonida olib yurmasligini taʻʻkidlab, “Hisobotda menga qaratilgan hech qanday ayblov yoʻq, toʻgʻrisi ham shu”, ‑ dedi.

Boshqa tomondan, Bayden xuddi shu hisobotda oʻz xotirasi va yoshi bilan bogʻliq ayrim maʻʻlumotlar uni bezovta qilganini, aqlan sogʻlomligi va xotirasi juda yaxshi holatda ekanini qayd etib oʻtdi.

“Xotiramni yaxshi emas, debdi, xotiram yaxshi holatda. Oʻgʻlim oʻlgan yilni eslay olmaganimni keltirishibdi, bunga qanday jurʻʻat qilishadi, kim buni unutishi mumkin”, ‑ degan Bayden prokurorning bu kabi iddaolari toʻgʻri emasligini taʻʻkidladi.

Sisini "Meksika prezidenti" deb atadi

Xotirasining yaxshi holatda ekanligini bir necha marta taʻʻkidlagan Bayden Amerika jamoatchiligi va matbuotida qizgʻin mavzuga aylangan ushbu jumlalardan bir necha daqiqa oʻtib Gʻazo bilan bogʻliq savolga javob berar ekan, "Meksika prezidenti Sisi bilan uchrashdim", dedi.

Ayniqsa, Respublikachi Kongress aʻʻzolari oʻzlarining ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarida Baydenning ushbu jumlasini oʻz ichiga olgan videoni baham koʻrib, "Bayden prezidentlikka mos emas" degan izohlarni qoldirishdi.

AQSh maxsus prokurori Robert Xur prezident Jo Baydenning uyidan maxfiy hujjatlarni "bilib turib" saqlagani, biroq u Baydenga tergovdagi hamkorligi va "juda zaif xotirasi" tufayli ayblov qoʻymasligini maʻʻlum qildi.

“Sudda janob Bayden, ehtimol, biz bilan uchrashuvida boʻlgani kabi, oʻzini ham hayʻʻat aʻʻzolariga hamdard, yaxshi niyatli, xotirasi qisqa chol sifatida koʻrsatishi mumkin”, — deb yozgan Xur oʻz hisobotida. 

Mavzuga aloqador