Quvayt oʻz fuqarolarini Livandan evakuatsiya qilishni boshladi. Bu haqda Al-Arabiya telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, bosqinchi Isroilning Livanda keng koʻlamli urushni boshlashga tayyorligi haqidagi bayonotlari fonida Quvayt TIV rahbari amirlik fuqarolarini "Isroil va Hizbulloh oʻrtasida qurolli mojaro boshlanishi xavfi tufayli mamlakatni tezroq tark etish"ga chaqirgan. 

Shanba kuni Quvayt fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun birinchi bort Bayrutga etib keldi. Buning uchun bir nechta samolyotlar safarbar qilingan. Amirlik hukumati Kuwait Airways  aviakompaniyasiga odamlarni oʻz vatanlariga qaytarishdagi yordami uchun minnatdorlik bildirdi, deyiladi xabarda.

Mavzuga aloqador