Mamlakat tashqi ishlar vaziri Luis Murilyoning soʻzlariga koʻra, Falastinda elchixonasini ochish prezident Gustavo Petro boʻyrugʻiga asosan amalga oshirildi. Tadbir Norvegiya, Ispaniya va Irlandiya Falastin davlatligini tan olgan kunning oʻzida boʻlib oʻtdi.  
Kolumbiya rahbari Gustavo Petro Isroilning Gʻazo sektoriga agressiyasi boshlanganidan beri uning eng qattiq tanqidchilaridan biriga aylandi. 

Isroilliklar tomonidan Falastin xalqining genotsid qilinishi Tel-Aviv va Bogota oʻrtasidagi ham diplomatik, ham iqtisodiy aloqalarning butunlay uzilishiga olib keldi. Petro esa Netanyaxuni hibsga olishga order berish talabi bilan Xalqaro jinoiy sudga murojaat qildi. 
Dushanba kuni XJS prokurorlari xuddi shu talabni eʻʻlon qilishgan edi.

Mavzuga aloqador