AQSh prezidenti Jo Bayden amerikaliklar bilan turmush qurgan muhojirlarga fuqarolik berish jarayonini osonlashtiruvchi yangi qoidalarni eʻʻlon qildi. Unga koʻra, ariza berish jarayoni doirasida mamlakatni tark etish talabi bekor qilinadi. Ushbu engillik ortidan kamida 500 ming muhojir AQSh fuqaroligini olishi kutilmoqda.

AQSh prezidenti Jo Bayden seshanba kuni mamlakat fuqarolari bilan turmush qurgan muhojirlarni rezident boʻlishini osonlashtiruvchi yangi qoidalarni eʻʻlon qiladi.  Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, ariza berish jarayoni doirasida mamlakatni tark etish talabi bekor qilinadi.

Yangi qoidalar mamlakatda kamida 10 yil boʻlgan va 2024 yil 17 iyungacha AQSh fuqarosi bilan turmush qurganlarga nisbatan qoʻllaniladi. Oq uyning chamalashicha, bundaylar okean ortida taxminan 500 ming kishini tashkil qiladi. 

Shuningdek, AQSh fuqarolari tomonidan asrab olingan 50 mingga yaqin bolalar ham ushbu huquqqa ega boʻladi.

Maʻʻlumot uchun, doimiy yashash uchun ruxsatnoma – Green Card olgan odam nazariy jihatdan keyinchalik fuqarolikka ariza topshirishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, yaqinda Bayden qochqinlar uchun chegarani yopish toʻgʻrisidagi buyruqni imzolagandi. Bu esa inson huquqlari guruhlarining qonuniy eʻʻtiroziga sabab boʻldi.

 Maʻʻmuriyat oʻzining boshpana haqidagi buyrugʻini himoya qilib, Kongress saʻʻy-harakatlarini "oʻnlab yillardagi eng qattiq va adolatli islohotlar toʻplami", deb taʻʻrifladi.

Ayni paytda Baydenning saylovlardagi asosiy raqibi Donalʻd Tramp muhojirlarni “amerikaliklar qonini buzayotgan”lar deb atadi va mamlakatda noqonuniy yashab yurganlarni ommaviy deportatsiya qilishga vaʻʻda berdi.

Mavzuga aloqador