Mingga yaqin Tojikiston fuqarosi Moskvaning bir qancha aeroportida qolib ketmoqda. Ular orasida Rossiya hukumati hisobidan tahsil olayotgan tojik talabalari ham bor. Uzoq kutishlardan soʻng ularning bir qismi – 322 nafari RF hududiga kiritilgan boʻlsa, 306 nafarini mamlakatdan chiqarib yuborish rejalashtirilgan. Tojikiston TIV fuqarolarni Rossiyaga safar qilishdan tiyilishga chaqirmoqda.

Mingga yaqin Tojikiston fuqarosi Moskva aeroportlarida qolib ketdi, deya xabar bermoqda «TASS» Tojikiston TIV rasmiy vakili Shoxin Samadiyga tayanib.

Qayd etilishicha,  aksariyati Vnukovoda kuzatilgan - odamlar vaqtinchalik hibsga olish zonasiga joylashtirilgan. Boshqa poytaxt aeroportlari - Domodedovo, Jukovskiy va Sheremetevoda ham vaziyat qiyin.

Jumladan, 27 aprelʻ kun yakuniga koʻra, 954 nafar Tojikiston fuqarosi «Vnukovo» xalqaro aeroportining vaqtincha saqlash hududida tegishli sanitariya sharoitlari taʻʻminlanmagan holatda ushlab turilgan.

Ular orasida Rossiya hukumati tomonidan berilgan taʻʻlim kvotalari hisobiga Rossiyada tahsil olayotgan tojikistonlik talabalar ham bor.

Vnukovo aeroportida qolib ketgan Tojikiston fuqarolaridan 322 nafariga uzoq kutishlardan soʻng Rossiya hududiga kirishga ruxsat berilgan. 306 nafarini esa Rossiya hukumati mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirilgan va ularning 27 nafari allaqachon deport qilingan.

Boshqa poytaxt aeroportlari - Domodedovo, Jukovskiy va Sheremetʻevoda ham vaziyat murakkab. Tojikistonning ushlab turilgan fuqarolari etarli darajada issiq ovqat bilan taʻʻminlanmagani sababli tojik diplomatlari diaspora vakillari bilan hamkorlikda Vnukovo aeroportiga oziq-ovqat etkazib berishmoqda.

Mamlakat fuqarolariga joyida zarur yordam koʻrsatish maqsadida Tojikistonning Moskva shahridagi diplomatik vakolatxonasi konsullik xizmati tomonidan 24 soatlik tezkor shtab ochildi. Oʻz navbatida, rasmiy Dushanbe Tojikiston fuqarolarini Rossiyaga safar qilishdan tiyilishga chaqirib, bunday cheklov choralari faqat Tojikiston fuqarolariga nisbatan qoʻllanilayotganini taʻʻkidlamoqda.

Rossiya TIV esa fuqaroligidan qatʻʻi nazar, barcha xorijliklar uchun chegara nazoratini kuchaytirish terrorchilik xavfi kuchayganini hisobga olib, vaqtinchalik chora ekanligini taʻʻkidlamoqda.

Eslatib oʻtamiz, avval ham mingga yaqin tojikistonlik Qozogʻiston-Rossiya davlat chegarasi oʻrtasidagi betaraf hududda bir necha kun davomida qolib ketgani haqida xabar bergan edik. 

Mavzuga aloqador