Frantsiya parlamenti saylovchilari
Frantsiyadagi saylovlarda Makronning partiyasi magʻlub boʻldi
Kecha, 30 iyunʻ kuni Frantsiyada parlament saylovlarining birinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Ovoz berish natijalariga koʻra, oʻta oʻngchi “Milliy birlik” partiyasi 34,2% ovoz bilan etakchilik qilmoqda. Chap qanot koalitsiyasi – “Yangi xalq fronti” 29,1% ovoz toʻplagan boʻlsa, iqtidordagi prezident Emmanuelʻ Makronning partiyasi esa 21,5% ovoz bilan 3-oʻrinni band etgan. Eslatib oʻtamiz, Makron Bratislavadagi Globsec xavfsizlik forumida Evropa xavfsizlik borasida AQShga qaram boʻlmasligi kerakligini aytib chiqqandi.
Davomini o'qish...72501.07.2024 13:06