Dina Rubina
Falastinliklarni kislotada eritishni yoqlagan yozuvchining Toshkentdagi kontserti bekor qilindi
"Isroil"da yashovchi rus yozuvchisi Dina Rubina 10 oktyabrь kuni Toshkentdagi "Turkiston" saroyida kontsert berishi maъlum boʻldi. Xayriyatki, uning 20 iyulь kuni “Dojdь” telekanaliga bergan intervьyusi eъlon qilganidan keyin fashistik gʻoya tarafdorining kontserti bekor qilingan. Suhbat davomida Rubina sionist-fashistlar "falastinliklarni xlorid kislotasida eritish"ga va Gʻazo sektorini "avtoturargohga aylantirish"ga haqli ekanini aytgandi. Maъlumot uchun, Dina Rubina 1953 yili Toshkentda tugʻilgan, Madaniyat institutida dars bergan, OʻzSSR Yozuvchilar uyushmasi aъzosi boʻlgan. Aslida ham fashistik qarashdagi insonlarning Oʻzbekiston poytaxtida kontsert berishi tushunarsiz holat. Ularni ayrim oʻzbekzabon medialar himoya qilib chiqishi esa yanada ajablanarli.
Davomini o'qish...19130.07.2025 13:30