30.07.2025 13:30
152
Falastinliklarni kislotada eritishni yoqlagan yozuvchining Toshkentdagi kontserti bekor qilindi
Oldinroq, sionist-fashistlar "falastinliklarni xlorid kislotasida eritish"ga va Gʻazo sektorini "avtoturargohga aylantirish"ga haqli ekanini aytib chiqqan rus yozuvchisi Dina Rubinaning fikri tanqidlarga sabab boʻlgandi. Kutilmaganda uning 10 oktyabrь kuni Toshkentdagi "Turkiston" saroyida kontsert berishi maъlum boʻldi.
Xayriyatki, Rubinaning 20 iyulь kuni “Dojdь” telekanaliga bergan intervьyusi eъlon qilganidan keyin fashistik gʻoya tarafdorining kontserti bekor qilingan. Shundan soʻng, 29 iyulь kuni Rubina bayonot berib, goʻyoki uning soʻzlari ataylab boʻrtib koʻrsatilgani va manipulyatsiya maqsadida ishlatilganini bildirgan. Shunga qaramay, sionist yozuvchidan olingan intervьyuning toʻliq va tahrir qilinmagan varianti eъlon qilinmadi. “Dojdь” telekanali ham holat yuzasidan hech qanday izoh bermadi.
Maъlumot uchun, Dina Rubina 1953 yili Toshkentda tugʻilgan, Madaniyat institutida dars bergan, OʻzSSR Yozuvchilar uyushmasi aъzosi boʻlgan. 1984 yildan beri isroilda yashaydi va rus tilida asarlar yozadi.
Xulosa oʻrnida bunday dunyoqarashdagi insonlarning Oʻzbekiston poytaxtida kontsert berishining oʻzi tushunarsiz holat. Ularni ayrim oʻzbekzabon medialarning himoya qilib chiqishi esa yanada ajablanarli.