22.12.2023 11:32

Shayx Ahmad Yosindan ummati Muhammadga maktub!


Shayx Ahmad Yosin oʻz maktubida ummat sifatida juda ogʻir kunlarni boshdan kechirayotganimiz shu kunlarda boʻlayotgan barcha dahshatli voqealar oldida qalbi ogʻrimagan, ovozi bilan eru osmonni larzaga keltirmagan, qoʻllari bogʻlangandek hech narsa qilmasdan qutqaruvchi kelishini kutayotgan musulmonlardan Allohga shikoyat qiladi.
Shayx Ahmad Yosin barcha daʻʻvo odamlari kabi qismatni boshidan kechirar va ummat muammolari bilan astoydil qaygʻurardi. Uning gʻam-gʻussalari, iztiroblari, qaygʻulari tinim bilmas, bu holat uni shu falaj holida ham kurashishga undardi. Biroq, hech narsa qilmayotgan ummatning boqi begʻam ahvoli uni bir tomondan ezar, boshqa tomondan ularni malomat qilishiga sabab boʻlardi. 
Quyida Shayx Ahmad Yosinning musulmonlarning tanballigi va oʻzining ojizligidan Allohga arz qilib bitgan maktubi va duosini oʻqib eshittiramiz:
“Jangchi” degan sharafli nom bilan oʻlaylik!
Allohim! Ummatning lom-mim demay jim turishidan Senga shikoyat qilaman!
Men keksayib qolgan odamman. Qurigan shu ikki qoʻlim na qalam tuta oladi, va na qurol! Ovozim bilan erni titratib yuboradigan darajada kuchli notiq ham emasman! Menki, sochlari oqargan, umrining soʻnggi kunlarini yashayotgan, turli kasalliklarga duchor boʻlgan, zamonning turfa balosi boshiga yopirilgan odamman! Yagona iltimosim shuki, men kabi musulmonlarning zaifligi va ojizligidan qaygʻurayotganlar yozsinlar!
Ciz, ey musulmonlar!
Mum tishlagan va ojiz, maʻʻnan halok boʻlgan oʻliklar! Boshimizga tushgan bu alamli ofatlar oldida qalbingiz endi ham ogʻrimayaptimi?
Tirik jon yoʻqmi orangizda, Alloh uchun va ummatning shaʻʻni uchun gʻazablanadigan?
Sharaf bilan kurashayotgan bizlarni “qotil terrorchi” deb eʻʻlon qilganlarga qarshi tura oladigan?!
Bu ummat nomuslari poymol qilinayotganidan nahotki uyalmasa? Elkamizga qoʻlini qoʻyib, koʻz yoshlarimizni artadigan hech kim yoʻqmi?! Bu ummatning idoralari, fuqarolik kuchlari, partiyalari, tashkilotlari va peshvo shaxslari Alloh uchun gʻazablanmaydimi?
Ularning hammasi koʻchaga chiqib, biz uchun duo qilib; "Ey Robbimiz, kuchimizni jamla, zaifligimizni ketkaz va moʻmin bandalaringga yordam ber!" deya nido qila olmaydimi? Hech boʻlmasa shunga ham yaramaysizmi?
Tez orada siz bizning keng miqyosli oʻlimlarimiz haqida eshitasiz, oʻshanda peshonamizga shunday yozilgan boʻladi:
"Biz qarshilik qildik! Olgʻa yugurdik va qochmadik!"
Biz bilan birga bolalarimiz, ayollarimiz, qariyalarimiz va yoshlarimiz ham oʻladi! Ular mana shu mum tishlagan johil ummatning kasofati sabab “yoqilgʻi” boʻlmoqda! Taslim boʻlib, oq bayroq koʻtarishimizni kutmang! Chunki biz shunday qilsak ham oʻlimishizni bilamiz. Shunday ekan, yaxshisi “Jangchi” degan sharaf bilan oʻlaylik! Xohlasangiz biz bilan boʻling va har biringiz qoʻlingizdan kelganicha qasosimizni oling!
Agar hohlasangiz, oʻlayotganimizni achinib kuzatib turishingiz ham mumkin. Omonatga eratlicha eʻʻtibor bermagan har bir kishidan Alloh taolo qasos olishini tilaymiz. Umid qilamizki, siz bizga qarshi chiqmaysiz!
Xudo haqi, hech boʻlmaganda bizga qarshi boʻlmang, ey ummatning rahbarlari, ey ummat ahli! 
Allohim, kuchimning kamligidan, imkonlarim cheklanganidan va odamlarga nisbatan zaifligimdan Senga shikoyat qilaman. Sen kuchsizlarning Robbisan... Sen bizning Parvardigorimizsan... Bizni kimlarga tashlab qoʻyayapsan? Biz uchun doʻzaxga teng puchmoqlargami? Yoki dushmangami?
Allohim! Toʻkilgan qonlar, toptalgan iffat, poymol qilingan hurmatlar, etim qolgan bolalar, oʻgʻillaridan ayrilgan onalar, beva qolgan ayollar, vayron boʻlgan uy-joylar va buzgʻunga uchragan ekinlar haqqi-hurmati Senga shikoyat qilaman, Senga shikoyat qilaman!
Qudratimiz parchalandi... Birligimiz buzildi... Yoʻllarimiz ayrildi... Xalqimizning ojizligidan, ummatimizning bizga yordam bera olmasligidan, dushmanni engishga qodir emasligidan Senga shikoyat qilamiz!