02.01.2024 20:46

Gʻazo maydon egalaridan ilk hikoya

Hozirgi vaziyatda eng toʻgʻri yoʻl yuz berayotgan hodisalarning bevosita qatnashchilariga – jang maydoni yigitlariga quloq berishdir. Biz bu maqolada ularni jang maydonidagi mardonavor himoya va hujumlari tufayli “maydon egalari” degan nom bilan zikr qilamiz.


Ular urush qiyinchiliklari ichidan turib bizga oy-u yillarga tatiydigan, maʻʻnaviyat va ruhiyat bahsh etishmoqda.

Maydon egalari qalʻʻasidagi xabarlarda dushman gʻarb harbiylarining dunyoqarashi bilan harakatlanayotgani aytiladi. Yaʻʻni, buzgʻunchilik va qirgʻinning kuchayishi, Gʻazo askarlarining taslim boʻlishiga va halqning ularga qarshi oyoqqa turishiga olib boradi, deb oʻylaydilar. Shuning uchun ular tinch aholining ustiga bomba yogʻdirish bilan oʻzlarining razvedkadagi muvaffaqiyatsizliklarini yashirishga urinmoqdalar. Oʻz xalqi ulardan oʻtkazayotgan amaliyotlari natijasi haqida soʻrasa, javob berolmay tutilib qolishadi. Chunki xoh tasodifiy boshlangan harakatlari boʻlsin, xoh muayyan reja asosida biror erga uyushtirilgan bosqinlari boʻlsin, ulardan qarshilik kuchlari deyarli hech qanday zarar koʻrmayotganini bilishadi. Zero, maydon egalari ham bu hujumlar oqibatidagi yoʻqotishlari umumiy quvvatlarining  oʻn foiziga ham toʻgʻri kelmasligini aytishadi.

Jang maydonida yangi dostonlar yozayotgan yigitlardan ajoyib xabarlar bor:

“Biz dushmanni juda yaxshi taniymiz, shunga koʻra harakat qildik, u ham bizni yaxshi bilishini taxmin qilgandik. Ammo boʻlgan hodisalar buning aksini koʻrsatmoqda.

Dushman biz haqimizda taxmin qilganimizdan ham kamroq bilishi ayon boʻldi. Hatto 7 oktyabrda biz ancha koʻp talofot bersak kerak, Isroil esa uncha koʻp yoʻqotishlarga uchramaydi, deb oʻylagandik. Isroil toʻsiqlarini oshib oʻtish bilan boshlagan amaliyotimiz Gʻazoga qaytish yoʻlida dushmanga toʻqnash kelish bilan tugaydi, deb bilardik. Ammo biz dushmanning eʻʻtiborsizligi, oʻzaro birdamligini yoʻqotganiniga, harbiy boʻlinmalarida hukm surgan betartiblik va intizomsizlik holatiga qoyil qolmadik. Bu holat bizga ularning 350 dan ortiq askarini oʻldirishimizga va koʻp sonli kishilarini asir olishga imkon berdi. Sektordan tinch aholi Gʻazodagi aholi punktlariga kirib kelganida, qarshilik jangchilari Gʻazodagi dushman boʻlinmasining asosiy pozitsiyalarini yoʻq qilish, qoʻlga olinishi kerak boʻlganlarni qoʻlga olish, dushman kazarmalaridan zarur jihoz va ashyolarni olib ketish kabi vazifalarni uddaladi. Dushman uygʻonib, vaziyatni qoʻlga olishga urindi va "Gannibal protokoli" ni amalga oshirdi – tinch aholining  katta qismini, jumladan Gʻazo sektoriga olib ketilayotganlarni oʻqqa tutdi. (“Gannibal protokoli”ga koʻra, Isroil armiyasi va xavfsizlik kuchlari harbiy xizmatchilari yoki tinch aholisi asirga tushishining oldini olishga, buning uchun hamma ishni, shu jumladan asirga olingan shaxsning hayotiga tahdid solishi mumkin boʻlgan choralarni ham qoʻllashga majbur – tarjimon). Ishgʻol kuchlari tomonidan quruqlikda amalga oshirilgan birinchi bosqin amaliyoti ham aslida oʻsha kecha oʻlgan askar yoki oddiy fuqarolarining jasadlarini olib ketishga qaratilgan edi”.

Maydon egalari hikoyasida davom etadi: “Dushman uygʻonganidan koʻp vaqt oʻtmay, uning razvedkasi 7 oktyabrdagidan ham badtarroq koʻr ekani, mahbuslarning joylashuvi, tunellar xaritasi, hatto qarshilik kuchlari rahbarlarining joylashgan erlari haqida biror bir ishonchli maʻʻlumot tayyorlamagani ayon boʻldi. Ular palapartish otishmalarini boshlagach, nishonlarning katta qismi razvedka maʻʻlumotlarida bildirilganidek emasligi koʻrinib qoldi. Darhaqiqat, qarshilik kuchlari oz sonli shahid berdi, ularining ham asosiy qismi aholi turar joylaridagi tartibsiz bombardimon natijasida halok boʻldilar.

Qarshilik kuchlariga dushmanning jiddiy muvaffaqiyatli zarbalar bergan operatsiyasiga kelsak, ular shimoldagi va u toʻgʻrida toʻliq maʻʻlumot boʻlmagan hududlardagi muhim pozitsiyalar bilan cheklangan. Toʻgʻri, buning oqibatida qarshilik kuchlarining etakchi kadrlari va bir qancha jangchilari shahid ketdi lekin bu umumiy harakat dasturini oqsatmaydigan zarba boʻldi. Aksincha, qarshilik kuchlari oʻzlarini tezda oʻnglab olib, tasdiqlangan rejalarini boʻyicha harakatlarini davom ettirdilar. Aslida, markaziy qoʻmondonlik bilan doimiy aloqa mavjud boʻlib, harakatlar ular tasdiqlagan reja asosida amalga oshiriladi.  Shunday boʻlsa-da, mudofaa va hujum paytlarida muayyan qadamlarni tanlash turli joʻgʻrofiy hududlarga yoyilgan batalʻonlar ixtiyoriga qoldirilgandir.

Sulhning soʻnggi kunlarida dunyo oxirgi soʻzni Gʻazo rahbariyati aytishini bildi, rahbariyat esa urush toʻliq toʻxtatilgunga qadar har qanday muzokaralarni toʻxtatishga qaror qildi.

Gʻazodagi maydon egalarining soʻzlariga koʻra, dushman jang asnosida koʻp vaqti va kuchini asosan qarshilik kuchlarining raketalari joylashgan erni qidirib topishga  sarflagan. Raketalarning joylashuvi toʻgʻrisida maʻʻlumot bera oladi deb gumon qilgan kishilardan baʻʻzisini ushlab ketishga uringan. Ammo baribir raketalar uchirilishidan avval ular qaerda ekanini topa olmagan. Biroz vaqt oʻtgach esa dushman Gʻazodagi maʻʻlum hududlarni bosib oʻtib, cheklangan miqdordagi raketa erlari va qurol zaxiralarini topishga muvaffaq boʻldi. Aslida, qarshilik kuchlari u raketalarni dushman  kelishidan oldin otishi kerak boʻlgan,  ammo oʻsha vaqtda vaziyat bunga imkon bermagandi. Dushmanning qurol zaxiralaridan bazilarini qoʻlga kiritishi, keyingi omborlarni topib olmasligi uchun yana ham qattiqroq himoya rejalarini qabul qilishga undadi.

Urush davomida hujumlarni xatosiz tashkil eta olishi uchun qarshilik kuchlariga zarbalarni toʻgʻri aniqlab beruvchi himoya rejalari tuzib chiqildi.

Maydon egalari soʻzida davom etadi: Dushman razvedkasi bizni 7 oktabrgacha yillar davomida yaxshilab kuzatib yurgan. Bizdagi qurol-yaroqlar, ularning turlari va miqdorini aniqlash boʻyicha katta-katta maxfiy amaliyotlar olib borgan. Bu ishlari bilan ular bugungidan samaraliroq tarzda harakatlanishlari mumkin edi. Ammo dushmanning muammosi shundaki, ular bizni oʻz pozitsiyalarimizni aslo tark etmasligimizga hamda rejadan tashqari hech qanday nuqtaga koʻchmasligimizga aslo ishonch hosil qilmadi. Bizda hozir holatga qarab yangidan reja tuzish uchun bilim, bu rejani amalga oshiradigan tajribali kadrlar bor. Qolaversa, ittifoqchilarimizdan olgan taʻʻlim boʻyicha dushman taxmin qilganidan ham boshqacharoq harakat qilishimizga imkon beradigan taktikalar ishlab chiqa olamiz.  

Dushman biz bilan doim oʻzini ustun koʻrib muomla qilgani hamda qobiliyat va kuchlarimizni inkor qilishda davom etgani uchun tuzoqqa tushdi, oqibatda buning badalini toʻxtovsiz davom etayotgan zarbalarimizni qabul qilish bilan toʻlashga majbur boʻlmoqda.

Maydon egalari bu urush tamom boʻlganidan soʻng koʻp harbiy qurol-aslahalari va uskunalari butun ommaga oshkor boʻlishini taʻʻkidlashdi. Yaʻʻni, ularning dushmanga qarshi urushlarda foydalangan qurollarining baʻʻzisi taxmin qilganingizdan ham rivojlanganroq, baʻʻzisi esa juda oddiy, qoʻlbola qurollar ekanini koʻrgach, dushmandan ham avval doʻstlarning bunga hayratda qolishiga ishonishlarini aytdi.

Qarshilik kuchlarining quruqlik janglaridagi vazifasi ilk kundanoq tanklarning kelishiga toʻsqinlik qilish emas, balki uni malum bir nuqtaga – oʻz rejalaridagi taraflarga yoʻnaltirish, shunga zamin hozirlash ekanini tezda anglab etdi.

Maydon yigitlari oʻz askarlari haqida hikoya qilar ekan, ularni koʻproq oilalari boshiga tushayotgan shafqatsizlik va zulm ezayotganini aytdi. Ular sodir boʻlayotgan voqealarni muttasil kuzatib borishmoqda. Koʻpchiligi oʻzlari, oilalari yashagan joylarning hozirgi ahvolini koʻrishgan, lekin bu ularni hech qachon ortga chekinishga undamagan, aksincha, sinoistlarning bu jinoyatlari ularni avvalgidan ham koʻra kuchliroq boʻlishlariga  olib keldi. Oʻzingiz shohidi boʻlgandek, asirlar almashuvi va oʻt ochishni toʻxtatish vaqtidagi holatlar  bunga misol boʻlishi mumkin.

Vaqtinchalik sulh davom etmasdan yana jangga kirishilgani haqida: Toʻgʻri, qarshilik kuchlari odamlarning hayotini engillatish va ularning musibatlarini sal boʻlsa-da kamaytirish uchun sulhning bardavom boʻlishini xohlardi. Qolaversa, bu muddatda  oʻzining  ishlarini ham tartibga solib olardi. Ammo dushmanni qamoqlarida yotgan asir vatandoshlarimizni ozod qilishga majburlash eng asosiy maqsad edi.  Bu majburlash oqibatida butun dunyoga dushmanning qoʻlimizdagi asirlarini tovon toʻlamay olib ketolmasligini koʻrsatib qoʻyishni umidida edik.

Sulhning soʻnggi kunida koʻzlangan rejalarimizni qilib olish imkoniyati mavjud edi. Biroq dushman urushga qaytishga shoshilayotgandi. Bundan tashqari, keyinchalik qoʻlimizdagi asirlarning oilalari ularni bosim ostida qoldirishi aniq boʻlib turgan  bir paytda asirlarni qaytarishni davom ettirishimizdan maʻʻno yoʻq edi. Ustiga-ustak dushman oʻzining yangi quruqlik amaliyotlarini  rejalashtiryotgandi. Sharoit oʻzgargani, endi boshqacharoq qadam tashlashimiz lozimligi ayon boʻldi.

Vositachilar va hatto doʻstlar bizga bosim oʻtkazishga yo bizni aldashga, arzimas narxlar evaziga dushman asirlarini ozod qilish uchun sulhni uzaytirishga va oxir-oqibat bizning dushman tarafga siyosiy boʻynsunishga olib boradigan muloqot uchun yoʻl ochishga harakat qildilar. Ana shu onda biz bu teatrni toʻxtatishga qaror qildik. Istisnosiz hamma – oʻrtoqlar, ittifoqchilar, vositachilar, doʻstlar va dushmanlar shuni bilmogʻi kerakki,  yakuniy qarorni beradigan, soʻngi soʻzni aytadiganlar faqat Maydon egalaridir!

Ularning qarori hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi, mahbuslar ishini muhokama qilish uchun qaytish narxi urushning yakuniy va har tomonlama toʻxtatilishidan boshlanishini va ayirboshlash bitimi dushman shartlariga muvofiq amalga oshirilmasligini yangi strategiya belgilaydi. Endi butun dunyo Isroilni barcha mahbuslarni ozod  qilishga koʻndirishi kerak.

"Ertaga" deb boshlanadigan har qanday fikru gʻoyalar alohida oʻtirib, bahslashiladigan mavzular boʻlib, biz u bilan dushman tomonidan vayron qilingan uylarimizni tiklash uchun qaytib kelganimizdan keyin shugʻullanamiz.

“Ertaga...” deydiganlar uchun aytar soʻzimiz: Yoʻqotadigan hech narsamiz qolmadi!”.


Ibrohim al-Amin


Mavzuga aloqador