Roʻzaning etti hikmati
Roʻza – banda bilan Alloh oʻrtasidagi ish. Boshqa amallarning savoblarini farishtalar bitishsa, roʻzaning ajru savobini yozish Allohning oʻz ixtiyorida qolgan. Shuning uchun boʻlsa kerak, roʻza bitmas-tuganmas hikmatlarni oʻzida mujassam etadi. Ana shunday hikmatlardan yana bir qanchasini eʻʻtiboringizga havola etamiz.
1. Roʻza
tutgan kishining taqvodorligi ziyodalashadi. Alloh taolo Qurʻʻoni karimda
roʻzani oldingi ummatlarga farz qilganidek, ushbu ummati Muhammadiyyaga ham farz
qilganini aytib, oyatning soʻngida albatta
taqvodor boʻlasizlar deb taʻʻkidladi.
Roʻza tufayli insonda Robbisini koʻrib turganligini his qilish
kuchi, U zotdan qoʻrqish hissi yanada ziyodalashadi. Roʻza tutish bilan banda Robbisiga
boʻysunib, buyrugʻiga “labbay”, deb itoat qilgan boʻladi.
2. Roʻza koʻzni nomahramlarga nazar solishdan saqlovchi,
yomonliklarga undovchi shaytoniy nafsini susaytiradigan asosiy omillardandir.
Chunki uning yordamida inson nafsining har qanday xohish-istaklariga gʻolib keladi.
Bu bilan insonning qiyinchilik, mashaqqatlarga bardosh berish, sabr qilish tajribasi
oshadi.
3. Roʻzaning yana bir
hikmati nochor, miskin, faqirlarni holatini eslatishdir. Kim och, chanqoq boʻlmas
ekan, faqirlar chekadigan qiyinchiliklarni qaerdan bilsin! Roʻza tutgan inson
ochlik, chanqoqlik alamini totib koʻrib, bechora holdagilarni qanday kun
kechirayotganini yaxshi biladi.
Hayot turmushimizda toʻkin-sochin, farovon hayot kechirar ekanmiz,
koʻp holatlarda, qarindosh-urugʻ, qoʻni-qoʻshni, atrof-muhitda insonlarning holati
qay darajada kechayotganini, loaqal bir marotaba eslab qoʻyish yodimizdan koʻtarilib
qoladi. Koʻcha-koʻyda, avtobusda, metroga tushganimizda bozorga borganimizda,
umuman olganda koʻplab oʻrinlarda ibrat olishimiz kerak boʻlgan holatlarga duch
kelamiz-u, lekin eʻʻtibor bermasdan oʻtib ketamiz. Shuning uchun ham xalqimizda
“Qorni toʻqning qorni och bilan nima ishi bor” degan ibora ishlatiladi. Haqiqatdan
ham baʻʻzida bechorahol kishilarning oldidan oʻtib ketadigan boʻlsak, ular ham biz
kabi inson, ular ham biz kabi farovon hayot kechirishni istashlarini, ularning
oldilaridagi jajji farzandlari, bizlarning farzandlarimiz kabi ota-onaning
mehriga, atrofdagilarning eʻʻtiboriga loyiq ekanlarini unutib qoʻyamiz.
Ha azizlar, inson unutuvchan va baʻʻzan noshukur boʻladi, chunki
kecha yaqinda oʻzining holati ham shunday boʻlganini, oʻzi ham boshqalarning koʻmagiga
muhtoj boʻlganida men ham qachon oʻzgalarga oʻxshab koʻnglim tusagan narsani eyman,
deb Alloh taologa duo qilib yolvorganini unutib qoʻyadi. Yoki boʻlmasa, umri
davomida toʻqchilikda yashab, taqdiri ilohiy bilan oʻzining boshiga ham shunday kunlar
tushib qolishi mumkinligi haqida oʻylab ham koʻrmaydi. Shuning uchun ham yuqorida
taʻʻkidlab oʻtganimizdek, roʻza insonni muruvvatli qiladi, oʻzgaralarga, xususan bechora
hollarga eʻʻtibor qaratishga undaydi. Kim oʻzida rahm-shavqat sifatini shakllantirish
va mustahkamlashni xohlasa roʻza tutsin!
4. Yana bir hikmati uzogʻ-u yaqindagi barcha musulmonlarni
Ramozon oyida roʻza tutishga birlashtirishdir. Bir vaqtda roʻzani niyat qilib, bir
vaqtda roʻzalarini ochadilar. Shu bilan ham maʻʻnan, ham hissan barcha ummatning
yakdilligi roʻyobga chiqadi.
5. Roʻzaning navbatdagi hikmati badan uchun sihat-salomatlik
garovidir. Roʻzador roʻza sababli, oʻz sogʻligini tiklab oladi. Bugungi kunga kelib
butun dunyoda roʻza nafaqat sogʻliqni saqlash uchun, balki bemorlarni davolash uchun
ham oʻta zarur omil ekanligi oshkora aytilmoqda.
Yaqinda Rossiya olimlari roʻza tutish yoʻli bilan davolangan
bemorlar roʻyxatini eʻʻlon qilishdi. Natija kishini hayratga soladigan darajada
muvaffaqiyatli edi. Hatto saraton kasaliga mubtalo boʻlganlar ham mana shu yoʻl
bilan shifo topishibdi. Roʻza turli kasalliklarga davo boʻlishi bilan birga
badandagi yomon, keraksiz yogʻlarni, xolerik-safro, flagmatik-balgʻam,
sangvinik-qon, melanxolik-qora oʻtlarni ketkazadi. Qonni musaffo qiladi,
oshqozonni yaxshilaydi. Natijada roʻzador ancha engillashib qoladi, zehni oʻtkir,
xotirasi kuchli, irodasi mustahkam boʻladi. Koʻplab tibbiyot mutaxassislari: “Roʻza
tutish badanning sogʻlom va quvvatli boʻlishiga sabab boʻladi”, deb taʻʻkidlaydilar.
6. Roʻza tutgan kishining gunohlari tutgan roʻzasi
sababli magʻfirat qilinadi.
7. Roʻza tutgan kishi
oʻz roʻzasi sababli farishtalar sifati ila sifatlanadi. Maʻʻlumki, emaslik,
ichmaslik va jinsiy yaqinlik qilmay, doimo toatda boʻlish farishtalarga xos
sifatdir. Roʻza tutgan inson oʻzining roʻzadorligi bilan aynan ana shu sifatlarga
sohib boʻladi.
Gʻiyosiddin Habibulloh