Roʻza hikmatlaridan bilishni istaysizmi?
Roʻza hikmatlaridan bilishni istaysizmi?
Roʻza tutgan kishining taqvodorligi ziyodalashadi. Alloh
taolo Qurʻʻoni karimda roʻzani oldingi ummatlarga farz qilganidek, ushbu ummati
Muhammadiyyaga ham farz qilganini aytib,
oyatning soʻngida, albatta, taqvodor boʻlasizlar deb taʻʻkidladi. Roʻza tufayli
insonda Robbisini
koʻrib turganligini his qilish kuchi, U zotdan qoʻrqish hissi yanada ziyodalashadi.
Roʻza tutish bilan banda Robbisiga
boʻysunib, buyrugʻiga “labbay”, deb itoat qilgan boʻladi.
Roʻza koʻzni nomahramlarga nazar solishdan saqlovchi,
yomonliklarga undovchi shaytoniy nafsini susaytiradigan asosiy omillardandir.
Chunki uning yordamida inson nafsining har qanday xohish-istaklariga gʻolib keladi.
Bu bilan insonning qiyinchilik, mashaqqatlarga bardosh berish, sabr qilish tajribasi
oshadi.
Roʻzaning yana bir hikmati nochor, miskin, faqirlarni
holatini eslatishdir. Kim och, chanqoq boʻlmas ekan, faqirlar chekadigan
qiyinchiliklarni qaerdan bilsin! Roʻza tutgan inson ochlik, chanqoqlik alamini
totib koʻrib, bechora holdagilarni qanday kun kechirayotganini yaxshi biladi. Hayot turmushimizda toʻkin-sochin, farovon hayot
kechirar ekanmiz, koʻp holatlarda, qarindosh-urugʻ, qoʻni-qoʻshni, atrofimizdagi
insonlarning holati qay darajada kechayotganini, loaqal bir marotaba eslab qoʻyish
yodimizdan koʻtarilib qoladi. Koʻcha-koʻyda, avtobusda, metroga tushganimizda bozorga
borganimizda, umuman olganda koʻplab oʻrinlarda ibrat olishimiz kerak boʻlgan
holatlarga duch kelamiz-u, lekin eʻʻtibor bermasdan oʻtib ketaveramiz. Shuning uchun
ham xalqimizda “Qorni toʻqning qorni och bilan nima ishi bor” degan ibora bejiz
aytilmaydi.
Haqiqatdan ham, baʻʻzida bechorahol kishilarning oldidan oʻtib ketadigan boʻlsak,
ular ham biz kabi inson, ular ham biz kabi farovon hayot kechirishni istashlarini,
ularning oldilaridagi jajji farzandlari, bizlarning farzandlarimiz kabi
ota-onaning mehriga, atrofdagilarning eʻʻtiboriga loyiq ekanlarini unutib
qoʻyamiz.
Ha, inson unutuvchan va baʻʻzan noshukr boʻladi, chunki kecha
yaqinda oʻzining holati ham shunday boʻlganini, oʻzi ham boshqalarning koʻmagiga
muhtoj boʻlganida: “Men ham qachon oʻzgalarga oʻxshab koʻnglim tusagan narsani
eyman”, deb Alloh taologa duo qilib yolvorganini unutib qoʻyadi. Yoki boʻlmasa, umri
davomida toʻqchilikda yashab, taqdiri ilohiy bilan oʻzining boshiga ham shunday kunlar
tushib qolishi mumkinligi haqida oʻylab ham koʻrmaydi. Shuning uchun ham yuqorida
taʻʻkidlab oʻtganimizdek, roʻza insonni muruvvatli qiladi, oʻzgalarga, xususan
bechora hollarga eʻʻtibor qaratishga undaydi. Kim oʻzida rahm-shafqat sifatini
shakllantirish va mustahkamlashni xohlasa roʻza tutsin!
Yana bir hikmati – uzogʻu yaqindagi barcha musulmonlarni
Ramazon oyida roʻza tutishga birlashtirishdir. Bir vaqtda roʻzani niyat qilib,
bir vaqtda roʻzalarini ochadilar. Shu bilan ham maʻʻnan, ham hissan barcha ummatning
yakdilligi roʻyobga chiqadi.
Roʻzaning navbatdagi hikmati, roʻza badan uchun
sihat-salomatlik garovi sanaladi. Roʻzador roʻza tutishi sababli, oʻz sogʻligini
tiklab oladi. Bugungi kunga kelib butun dunyoda roʻza nafaqat sogʻliqni saqlash
uchun, balki bemorlarni davolash uchun ham oʻta zarur omil ekanligi oshkora
aytilmoqda. Yaqinda Rossiya olimlari roʻza tutish yoʻli bilan davolangan bemorlar
roʻyxatini eʻʻlon qilishdi. Hatto saraton kasaliga mubtalo boʻlganlar ham mana shu
yoʻl bilan shifo topishibdi. Roʻza turli kasalliklarga davo boʻlishi bilan birga
badandagi yomon, keraksiz yogʻlarni, xolerik-safro, flagmatik-balgʻam,
sangvinik-qon, melanxolik-qora oʻtlarni ketkazadi. Qonni musaffo qiladi, oshqozonni
yaxshilaydi. Natijada roʻzador ancha engillashib qoladi, zehni oʻtkir, xotirasi
kuchli, irodasi mustahkam boʻladi. Koʻplab tibbiyot mutaxassislari: “Roʻza tutish
badanning sogʻlom va quvvatli boʻlishiga sabab boʻladi”, deb taʻʻkidlaydilar.
Roʻza baʻʻzilarga kafforotdir.
Roʻza tutgan kishi oʻz roʻzasi sababli maʻʻlum vaqt farishtalar
sifati ila sifatlanadi. Maʻʻlumki, emaslik, ichmaslik va jinsiy yaqinlik qilmay,
doimo toatda boʻlish farishtalarga xos sifatdir.
Manbalar asosida Gʻiyosiddin Baratov tayyorladi.