Ramazon – oʻzgarish va oʻzgartirish imkoniyati
Ramazon oyi butun dunyo musulmonlari uchun haqiqiy xazinadir. Shunday ekan, keling, botiniy dunyomizni oʻzgartirish va boshqalarni ijobiy ruhiyat ulashish imkoniyatini qoʻldan boy bermaylik.
Muborak
Ramazon oyi ham keldi.
Ramazon kelmasidan avval uni intizorlik bilan kutuvchilar bor va shuning uchun
muborak oy uchun rejalar oldindan tuzilishi kerak. Koʻpchilik koʻp umid va rejalarni
Ramazon oyi bilan bogʻlashadi.
Oy endigina kirganida dildagi niyatlarimiz, duolarimizni
aytish, amalga oshirish uchun hali vaqt borga oʻxshaydi. Ammo, aslida, buning aksi
boʻlib chiqadi: oy tez oʻtib ketadi va baʻʻzida rejalashtirgan ishlarimizning yarmini
ham bajarishga vaqt etmay qoladi. Shuning uchun, bu muborak oyni toʻgʻri
rejalashtirish va foyda bilan oʻtkazish imkonini beradigan bir nechta maslahatlar
bilan oʻrtoqlashmoqchimiz.
Keling, biroz muloyim boʻlaylik!
Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhu rivoyat qiladilar:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim muloyimlikdan
mahrum boʻlsa, barcha yaxshilikdan mahrum boʻlibdi» , dedilar». (Imom Abu Dovud
rivoyati).
Muloyimlik, mehribonlik eng yomon xislatning davosidir va
insonning gunohlari kechirilishiga sababdir. Darhaqiqat, Alloh bandalariga
nisbatan mehribon va rahmli boʻlib, odamlardagi bu xususiyatni juda yaxshi koʻradi.
Afsuski, hamma ham bunday fazilatga ega emas, demak, biz uni
egallash ustida ishlashimiz kerak. Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi
vasallam Oisha roziyallohu anhuga yuzlanib dedilar: “Ey Oisha, muloyim boʻl.
Shubhasiz, muloyimlik har narsada boʻlsa, uni ziynatlaydi va u nimadan sugʻurib
olinsa, aybli qiladi”, dedilar, (Abu Dovud, Imom Muslim).
Har birimizdan kimdir oʻrnak oladi. Bu bizning
farzandlarimiz, qarindosh yoki doʻstlarimiz
boʻlishi mumkin.
Endi oʻzingiz oʻylab koʻring, oʻz ustimizda ishlamasak, ularga
qanday namuna koʻrsatamiz? Nuqsonlardan pok boʻlish uchun Ramazon oyidan koʻra ham
yaxshiroq vaqt bormi? Shuning uchun ham muborak Ramazon oyida maʻʻnaviy
kamchiliklarimizni bartaraf etish uchun bor kuch-gʻayratimizni ishga solishimiz va albatta
muvaffaqiyatga erishishga ishonishimiz kerak!
Koʻproq tabassum qiling!
Ramazon oyida siz odamlarga munosabatingizni tubdan
oʻzgartirishingiz va, albatta, ularga tez-tez tabassum qilishingiz kerak. Abu Zarr
roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar:
«Birodaringning yuziga tabassum bilan boqishing ham
sadaqadir», (Termiziy).
Oʻylab koʻring, azizlar, biz oʻz savob ishlarimizni qanchalik
osonlik bilan qoʻlga kiritishimiz mumkin, hatto yaqin va azizlarimizga tabassum
bilan ham. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xuddi shunday qilganlar, bunga
koʻplab hadislar guvohlik beradi.
Jarir roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallam
huzurlariga toʻsiqsiz kira olar, u zotning ishonchlarini qozongan edi. Uni har
koʻrganlarida Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam tabassum qilardilar.
Aytgancha, tabassum bizning kayfiyatimizni yaxshilashi bilan ham
foydalidir. Biz tabassum qilsak, mushaklarimiz boʻshashadi, qon oqimi yaxshilanadi va
tanani kislorod bilan toʻldiradi. Tabassum qilganda, diafragma mushaklarini
rivojlantiramiz va oʻpkadagi havo ventilyatsiyasini kuchayadi.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, yana bir bor eslatib
oʻtaman: yaqinlaringizga imkon qadar tez-tez tabassum qiling, shunda siz nafaqat
ularni, balki oʻzingizni ham xursand qilasiz!
Arzimas narsalar haqida qaygʻurishni bas qiling
Ramazon oyida asosiy narsalarga eʻʻtibor qaratish juda
muhimdir. Asosiysi, roʻzani Alloh taoloning roziligi va magʻfiratiga sazovor
boʻladigan tarzda oʻtkazishdir.
Islom dini har bir dindor uchun hayot tarzidir. Qudratli
Yaratuvchiga bandaning ibodati esa ...
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilindi, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
“Odam bolasining har bir yaxshi amaliga ortigʻi bilan mukofot
beriladi. Bir yaxshilikka oʻn barobardan to etti yuz barobargacha savob berilishi
mumkin. Alloh aytadiki: illo, roʻza bundan mustasnodir. Chunki roʻza Men uchun va
unga Oʻzim ajr beraman. Roʻzador Meni deb shahvati va taomidan voz kechadi.
Roʻzadorga ikki marta shodlik bor. Biri iftorlik chogʻida, ikkinchisi Robbisiga
yoʻliqqan chogʻda. Shubhasizki, roʻzadorning ogʻzidan chiqqan hid Allohning nazdida
mushki anbarning xushboʻyidan ham yaxshiroqdir. Roʻza qoʻrgʻondir. Qaysi biringiz roʻza
tutgan boʻlsa, birovni haqoratlamasin va ovozini koʻtarib baqirmasin. Uni birov
soʻksa yo urushsa, unga: “men roʻzadorman”, desin”. (Buxoriy va Muslim).
Maʻʻlumki, roʻzaning boshqa xayr-ehsonlardan farqi shundaki,
namoz, sadaqa yoki haj kabi boshqa ibodat turlaridan farqli ravishda roʻzada yolgʻon
va riyo kamroq boʻladi. Oxir-oqibat, biz roʻza tutyapmizmi yoki yoʻqmi, buni oʻzimiz
aytmagunimizcha, hech kim bila olmaydi.
Koʻrib turganimizdek, Ramazon oyi butun dunyo musulmonlari
uchun haqiqiy xazinadir. Shunday ekan, keling, botiniy dunyomizni oʻzgartirish va
boshqalarni ijobiy ruhiyat ulashish imkoniyatini qoʻldan boy bermaylik.