Oʻzbekistonda Ramazon oyi 11 mart kuni boshlanishi rasman maʻʻlum qilindi
Oʻzbekistonda
Ramazon oyi 11 mart kuni boshlanishi rasman maʻʻlum qilindi
Oʻzbekiston
musulmonlari idorasi Oʻzbekistonda Ramazon oyining birinchi kuni 11 mart sanasiga
toʻgʻri kelishini maʻʻlum qildi. Turkiya davlatlar ulamolari fiqhiy qoidalarga
tayangan holda falakiy hisob-kitob va astronomik kuzatuvlarni eʻʻtiborga olib bu
haqda yakdil qarorga keldi.
Turkiy
davlatlar ulamolari fiqhiy qoidalarga tayangan holda falakiy hisob-kitob va
astronomik kuzatuvlarni eʻʻtiborga olib, hijriy 1445 yil Ramazon oyining birinchi
kuni milodiy 2024 yil 11 mart, dushanba kuniga toʻgʻri kelishi haqida yakdil fikrga
keldilar. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd
etilishicha, oʻtgan haftada Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan
Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya va Ozarbayjon kabi turkiy davlatlar Fatvo
hayʻʻatlarining onlayn majlisi boʻlib oʻtgan.
Yigʻilishda
ulamolar va soha mutaxassislari tomonidan Ramazon oyi hilolini kuzatish boʻyicha
qilinayotgan ishlar, falakiy hisob-kitoblar, astronomik maʻʻlumotlar atroflicha
tahlil qilindi. Shuningdek, dunyodagi yirik fatvo idoralari va nufuzli
astronomiya institutlari axborotlari batafsil koʻrib chiqildi.
Eslatib
oʻtamiz, dekabrʻ oyida BAA astronomlari ham 2024 yilda Ramazon oyi 11 martdan
boshlanishini hisob-kitob qilishgan edi.