“Sizlar sababli (oʻtib olishlaringiz uchun) dengizni (oʻn ikki yoʻlakka) boʻlib, sizlarni qutqarganimiz, koʻz oʻngingizda Firʻʻavn lashkarini gʻarq qilganimizni ham eslang” (Baqara surasi, 50-oyat);

«Bas, (Biz) ulardan “oʻch oldik” – oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlari va ulardan gʻaflatda boʻlganlari sababli ularni dengizga gʻarq qildik» (Aʻʻrof surasi, 136-oyat);

(Bu) Firʻʻavn zodagonlari va ulardan oldingilarning holatlari kabidirki, (ular) Parvardigorlarining oyatlarini yolgʻonga chiqarishgach, (shu) gunohlari sababli ularni halok etdik va Firʻʻavn zodagonlarini (suvga) gʻarq qildik. Hammasi zolim edilar” (Anfol surasi, 54-oyat);

“Shunda (Firʻʻavn Muso va uning qavmini) u erdan qoʻzgʻatmoqchi boʻlganida, Biz uni (Firʻʻavnni) va u bilan birga boʻlganlarning barchalarini (dengizga) gʻarq qildik” (Isro surasi, 103-oyat);

«Bas, qachonki, ikki jamoa bir-birini (uzoqdan) koʻrgach, Musoning hamrohlari: “Bizlar aniq tutildik”, dedilar. (Muso) aytdi: Yoʻq, men bilan birga Parvardigorim bor. Albatta, U meni (xavfsiz) yoʻlga boshlar. Bas, Biz Musoga: “Asoying bilan dengizni urgin!” deb vahiy yubordik. Bas, (dengiz) boʻlinib, har bir boʻlak (suv balandga koʻtarilib) ulkan togʻ kabi boʻldi. Boshqalarni (Firʻʻavn va uning lashkarini ham) oʻsha (yoʻl)ga yaqinlashtirdik. Muso va u bilan birga boʻlganlarning barchalarini (Firʻʻavn taʻʻqibidan) qutqardik. Soʻngra boshqalarni (dengizga) gʻarq qilib yubordik» (Shuaro surasi, 61–66-oyatlar).

 Qurʻʻoni karim mazkur oyati karimalar orqali Firʻʻavnning oqibati haqida xabar bermoqda. Lashkari bilan birga dengizga gʻarq boʻlganini bildirmoqda. Endi esa boshqa bir oyatga diqqat qarataylik: “Siz ilgari biror kitobni tilovat qiluvchi emas edingiz va qoʻlingiz bilan xat ham yozgan emas edingiz. Aks holda buzgʻunchilar, albatta, shubhaga tushgan boʻlur edilar” (Ankabut surasi, 48-oyat). Bu erda ochiq bayon etilganidek, Paygʻambarimiz alayhissalom oʻqish-yozishni bilmasdilar. Shunday boʻlaturib, oʻzlaridan necha asr oldin yashagan Firʻʻavn va uning dengizga gʻarq boʻlgani haqidagi xabarni qaerdan oldilar? Mayli, buni keyinroqqa qoldirib, boshqa savolga oʻtaylik: Firʻʻavn rostan ham choʻkib oʻlganmi? Uning halokatiga doir Qurʻʻoniy maʻʻlumotni tarix ham tasdiqlaydimi?

Buyuk Britaniyadagi Britaniya muzeyida, Firʻʻavn zamonidan qolgan 6-raqamli Misr papirusidagi yozuvda shunday jumlalar bor: “Saroy oq xonasining qoʻriqchisi, kitoblarining raisi Amenamonidan kotib Penterxorga:

Bu maktub qoʻlingizga etib borganida va boshdan-oyoq oʻqilib, gʻarq boʻlishdek qaygʻuli falokatdan xabar topganingizda qalbingizni boʻronda qolgan yaproq misoli shiddatli iztirobga topshiring. Musibat unga toʻsatdan va muqarrar ravishda tushdi. Suvdagi uyqu jonzotni nochor holga soldi.  Boshliqning oʻlimini, qavmlar raisi, sharqu gʻarb qirolining mahv boʻlishini tasvirlang. Sizga yuborgan xabarimni boshqa qaysi xabar bilan qiyoslash mumkin?

Mazkur matnda Misr Firʻʻavnining dengizga gʻarq boʻlgani ochiq aytilmoqda. Yaʻʻni 6-raqamli Misr papirusi Qurʻʻonda kelgan xabarni tasdiqlayapti. Shunday ekan, boshdagi savolimizga qaytamiz: birorta harfni yozmagan, oʻqimagan odam oʻzidan asrlar avval yashab oʻtgan kishining halokatini qaerdan bildi? Agar Qurʻʻonni Allohning Kitobi deb qabul qilmasak, bu soʻrovga qanday javob beramiz? Yoki “tasodif” deya qutulamizmi? Yoʻq, tasodif deyish javob oʻrnini bosmaydi. Mazkur savolning javobi bor va quyidagicha: Qurʻʻoni karim azaldan abadgacha butun zamonlardan xabardor Alloh taolo tomonidan nozil qilingan Kitobdir. Haq taolo oʻtmishda boʻlgan va kelajakda yuz beradigan hodisalarni Qurʻʻoniy moʻʻʻjiza sifatida oyati karimalarda bildirdi.

Qurʻʻon Allohning Kitobi ekanligini inkor qiladiganlar oyatlarda moʻʻʻjizaviy tarzda keltirilgan Firʻʻavnning gʻarq boʻlishi haqidagi va yana boshqa gʻaybiy xabarlarni nima deb ochiqlashadi? Qurʻʻon Allohning Kitobi deya tan olmaslik haqiqatga koʻz yumish va haqni inkor etishdir. Gʻaybiy xabarlarining toʻgʻriligi Qurʻʻon Allohning Kitobi va kalomi ekanligining tasdigʻidir.

 

Mavzuga aloqador