Barchamizga maʻʻlumki, bugun muborak Ramazon oyining oxirgi kuni. Ertaga esa Ramazon hayiti nishonlanadi.  Aynan bugun ijtimoiy tarmoqlarda, oʻzaro suhbatlarda, hatto ilmlilar oʻrtasida ham arafa kuni deb eʻʻtirof etilmoqda. Odamlar bir-birlarini arafa kuni bilan tabriklab, haqiqiy arafa kuniga tegishli boʻlgan dadillarni keltirib oʻtmoqda. Endi tabiiy bir savol tugʻiladi: bugun arafa kunimi? Arafa kuni oʻzi aslida qaysi kun?

Barchamizga maʻʻlumki, bugun muborak Ramazon oyining oxirgi kuni. Ertaga esa Ramazon hayiti nishonlanadi.

Aynan bugun koʻplab ijtimoiy tarmoqlarda, oʻzaro suhbatlarda, hatto ilmlilar oʻrtasida ham arafa kuni deb eʻʻtirof etilmoqda.

Odamlar bir-birlarini arafa kuni bilan tabriklab, haqiqiy arafa kuniga tegishli boʻlgan dadillarni keltirib oʻtmoqda. Endi tabiiy bir savol tugʻiladi: bugun arafa kunimi? Arafa kuni oʻzi aslida qaysi kun?

Albatta, musulmonlar bir-birlarini juma va ikki hayit kunlarida tabriklashlari qadim-qadimdan odat boʻlib kelgan. Bu kunlarda qavmu qarindoshlar holidan xabar olinadi, miskinlar yoʻqlanadi, ehsonlar chiqariladi, dasturxonlar tuzatiladi. Bir soʻz bilan aytganda, xursandchilik, shodlik, quvonch kunidir. Shuning uchun bu kunlarda roʻza tutish taqiqlangan. Ramazon hayiti kuni, qurbon hayiti kuni va qurbon hayitidan keyin uch kun roʻza tutgan kishi sunnatga xilof ish tutishi bilan bir qatorda, qattiq gunohkor boʻlib qoladi.

Shular qatori arafa kuni alohida fazl va xususiyatlarga ega kun. Uning bunday deb nomlanishiga bir qancha sabablar bor.

«Arafa» soʻzi tanish, bilish kabi maʻʻnolarni anglatadi. Manbalarda bu haqda etarlicha maʻʻlumotlar berilgan. Biz esa ularning ayrimlarini keltirib oʻtmoqchimiz:

Arafa kuni – dinimiz komil etilgan, neʻʻmat tugal qilingan kun;

Arafa kuni – Odam alayhissalom bilan Momo Havvo onamiz jannatdan er yuziga tushirilgach, bir-birlarini topib, tanishgan kun;

Arafa kuni – Alloh taolo ruhlarni yaratganida ruhlar bir-birini tanigan kun;

Arafa kuni – qurbonlik aniq boʻlgan kun;

Arafa kuni – gunohlar kechiriladigan va jonlar doʻzaxdan ozod etiladigan kun.

Bu kun haqida koʻplab hadislar vorid boʻlgan. Biz esa ulardan bittasi bilan kifoyalanamiz xolos.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo biron kun arafa kunichalik koʻp bandani doʻzaxdan ozod etmaydi. U yaqinlashib, soʻng doʻzaxdan ozod qilgan bandalari bilan farishtalar oldida faxrlanadi va: «Ular nima istashadi?» deb soʻraydi», dedilar» (Muslim rivoyati).

Ana shu dalillardan kelib chiqib aytamizki, qurbon hayitidan oldingi kun, yaʻʻn, Zulhijja oyining 9-kuni haqiqiy arafa kuni hisoblanadi.

Lekin biz insof bilan aytadigan boʻlsak, payshanba kunini hech qachon seshanba demaymiz. Yoki Rajab oyini Safar oyi demaymiz.

Shunday ekan haqiqiy arafa kuniga tegishli boʻlgan maʻʻlumotlarni aynan shu bugunga tegishli qilib oʻzlashtirib olishdan oʻta-oʻta ehtiyot boʻlmogʻimiz zarur. Chunki bu shariat, din. Shariat va din borasida gapirganda, odam oʻta hushyor boʻlmogʻi talab etiladi. Hadislarni misol keltirishda ham shu tomonini oʻylamoq kerak. Aks holda, pokiza, shaffof, tiniq, asrlar osha jozibasini, ohanrabosini yoʻqotmay kelgan muqaddas dinimizning ahkomlariga nuqson etkazib qoʻyishimiz mumkin.

Erkin QUDRATULLOH

Mavzuga aloqador