23.01.2024 14:20

Germaniyada qurilayotgan masjidni oʻt qoʻyganlar qoʻlga olindi

Germaniya politsiyasi 19 yanvarʻ bosniyaliklar diasporasi tomonidan qurilayotgan masjidga oʻt qoʻygan ikki nafar neonatsistni qoʻlga oldi.

Germaniyaning Essen shahrida huquq-tartibot idoralari 19 yanvarʻ kuni qurilishi davom etayotgan masjidga oʻt qoʻyishda qoʻyishda gumonlangan shaxslarni qoʻlga oldi.

Yongʻin natijasida mahalliy bosniyalik diaspora tomonidan qurilayotgan masjid binosining deraza va eshiklari zarar koʻrgan. Hodisa joyidan tashlab ketilgan yondirgichlar topilgan, shuningdek, hujum qiluvchilar masjid binosiga svastika – fashistlar belgisini ham qoldirib ketishgan, deya yozdi Sarajevo Times nashri.

Politsiya gumonlanuvchilarning shaxsini aniqlab, ularni qoʻlga oldi – oʻt qoʻyganlar 18-19 yoshli mahalliy yoshlar boʻlib chiqdi. Qayd etilishicha, ular neonatsistlar guruhiga mansub boʻlib, islomofob maqsadlarda harakat qilgan.

Mavzuga aloqador