19.06.2025 07:02
175

Yashash uchun eng qulay dunyo shaharlari reytingi eъlon qilindi




Britaniyaning The Economist jurnali tahliliy boʻlimi – Economist Intelligence Unit (EIU) dunyoning yashash uchun eng qulay shaharlari reytingini eъlon qildi. Reytingda dunyoning 173 shahri barqarorlik, atrof-muhit, sogʻliqni saqlash, infrastruktura va taъlim koʻrsatkichlari boʻyicha 100 balli tizimda baholangan. 

Kopengagen 2025 yil yashash uchun eng qulay shahar deb topildi. Ikkinchi oʻrinda Vena va Tsyurix, uchinchi oʻrinda esa Melburn qayd etilgan. Eng yaxshi oʻnlikka, shuningdek, Jeneva, Sidney, Osaka, Oklend, Adelaida va Vankuver kirdi.

Soʻnggi oʻrinni esa Suriyaning Damashq shahri egalladi. Bundan tashqari, yashash uchun noqulay shaharlar oʻntaligiga Tripoli, Dakka, Karachi, Jazoir, Lagos, Xarare, Port-Morsbi, Kiev va Karakas kirdi.

Toshkent reytingning eng quyi pogʻonalarida qayd etilgan. Oʻzbekiston poytaxti 100 ballik tizimda 50 dan 60 ballgacha toʻplagan holda och kulrang rangdagi mamlakatlar qatoridan joy olgan. Bu taxminan 145-160 oʻrinlar oraligʻiga toʻgʻri kelishi mumkin.

Mavzuga aloqador