09.10.2025 12:19
56
Yarim yil ichida 50 ga yaqin talaba giyohvandlik moddalari savdosiga aralashib qoʻlga tushdi
Oʻzbekistonda giyohvandlik moddalarining yoshlar orasida tarqalishi xavfli darajada oʻsib bormoqda. Milliy markaz maъlumotlariga koʻra, joriy yilning olti oyi davomida oliy taъlim muassasalarining 46 nafar talabasi narkotik moddalar savdosida ishtirok etgani aniqlangan.
Milliy markazning katta inspektori Muhammadqodir Mahmudovning soʻzlariga koʻra, narkojinoyatlar soni oʻtgan yilga nisbatan 23 foizga oshgan. 2024 yilda 5 ta narkolaboratoriya fosh etilgan boʻlsa, bu yilning yarmiga kelib, ular soni 8 taga etgan.
Mahmudovning taъkidlashicha, eng yomoni giyohvand moddalar endilikda qahva, shirinlik yoki ichimliklar tarkibida ham uchrayapti. Ular bitta isteъmoldayoq qaramlikni uygʻotadi.
Zamonaviy narkotiklar taъsiri avvalgiday tez koʻrinmasligi sababli ota-onalar koʻpincha farzandlaridagi xavfli oʻzgarishlarni payqamaydilar.
“Bugungi "narkoman" ilgarigidek zaif emas — u faol, serharakat va sergak koʻrinishi mumkin. Bu aldamchi holat. Keyinchalik ogʻriq va ruhiy iztiroblar uni halokatga etaklashi mumkin”, deb ogohlantirgan u.