26.04.2025 05:50
180

Yangi temir yoʻl Markaziy Osiyoda "oʻyin qoidalari"ni oʻzgartiradi – Azernews



Oʻzbekiston, Afgʻoniston, Pokiston temir yoʻl loyihasi – Markaziy Osiyo uchun "strategik oʻyin qoidalari"ni oʻzgartiruvchi loyiha sifatida koʻrilmoqda, deb yozadi Azernews nashri.

Gap shundaki, Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Pokiston hukumatlari tarixiy temiryoʻl bitimi imzolamoqchi. 
Pokiston tashqi ishlar vaziri Muhammad Ishoq Dar oʻzbekistonlik mavqedoshi Baxtiyor Saidov bilan telefon orqali muloqot qilib, Oʻzbekiston, Afgʻoniston, Pokiston temiryoʻl loyihasi boʻyicha ishlarning borishini muhokama qildi. (https://www.azernews.az/region/240872.html)

Maъlumotlarga koʻra, Ishoq Dar yaqinda Qobulda boʻlib oʻtgan uch tomonlama muzokaralarda erishilgan kelishuvlar haqida oʻz fikrlarini bildirgan. U bu loyiha mintaqaviy savdo va logistika tizimini tubdan oʻzgartirish salohiyatiga ega ekanini taъkidlagan.

Ayniqsa mazkur temir yoʻl Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlashi, natijada yuk tashish vaqti va xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirishi bilan ahamiyatli. Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlariga dengiz portlariga chiqish imkonini beradi.

Mavzuga aloqador