19.05.2025 17:15
155
Yangi Rim papasi Oʻzbekistondan minnatdor boʻldi
Kecha, 18 may kuni Vatikanda Rim Papasi Lev XIV ning rasman lavozimga kirishish marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov ham Oʻzbekiston tomonidan rasmiy vakil sifatida qatnashgan.
Marosimning rasmiy qismi yakunlanganidan soʻng Nuriddin Ismoilov yangi saylangan Rim papasini tabriklab, prezident Shavkat Mirziyoevning iliq salomlarini yoʻlladi.
Oʻz navbatida, yangi Rim papasi Oʻzbekiston rahbariyati va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirdi.
Maъlumot uchun, marosimda 156 ta xorijiy mamlakat, qirollik uylari va diniy konfessiyalardan delegatsiyalar vakillari ishtirok etdi.
Oldinroq, 26 aprelь kuni boʻlib oʻtgan Rim papasi Frantsiskning dafn marosimida Oʻzbekiston tomonidan rasmiy vakil sifatida Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoev qatnashgan edi.