09.05.2025 07:31
34

Amerikalik kardinal yangi Rim papasi boʻldi



69 yoshli amerika-perulik kardinal Robert Prevo yangi Rim papasi etib saylandi. 

Vatican News'ning xabar berishicha, u tarixdagi birinchi amerikalik pontifikka aylandi. 

Robert Prevo Illinoys shtatining Chikago shahrida tugʻilgan, biroq xizmatining koʻp qismini Peruda missioner sifatida oʻtkazgan va yaqinda Vatikandagi vazirlik vazifasini bajaruvchi dikasteriyaga rahbarlik qilgan. Uning papa Frantsisk islohotlarini davom ettirishi kutilmoqda.

Yangi Rim papasini saylash boʻyicha konklav 7 may kuni boshlangan. Dastlabki bosqichlarda kardinallar bir toʻxtamga kela olishmagan. Ular kuniga ikki marta yashirin ovoz berishgan. Nomzod ovozlarning uchdan ikki qismi va yana bir ovozni olishi lozim edi. Shundan soʻng u Pyotr taxtini egallashga roziligini tasdiqladi va oʻzining papa nomini tanladi.

Manbalarga koʻra, Rim papasi lavozimiga AQSh, Italiya, Shri Lanka va Afrika mamlakatlaridan oltita asosiy nomzod koʻrib chiqilgan.

Yangi pontifik kardinallar ovoz berishi boshlanganidan beri toʻrtinchi yoki beshinchi turda saylanganmi, hozircha nomaъlum. Har holda, u konklavning ikkinchi kunida saylangan uchinchi papa boʻladi.

Mavzuga aloqador