28.04.2025 13:56
322

Papalik tarixi: Iso Masihdan Vatikan davlatigacha boʻlgan yoʻl

Nasroniy eъtiqodiga koʻra papalik tarixi Quddus yaqinidagi Jalila koʻlida baliq ovlaydigan aka-uka Andrey va Pyotrning Iso Masih tomonidan birinchi shogirdlar sifatida tanlanishi bilan boshlangan. Pyotr oʻn ikki havoriyning boshligʻi va soʻzlovchisi sifatida qabul qilingan edi. Toʻrt Injilda ham Iso Masihning Oxirgi kechki ovqat paytida Pyotr uni uch marta inkor qilishini oldindan aytgani yozilgan. Pyotr esa boshqalar inkor qilsa ham oʻzi hech qachon inkor qilmasligini aytgan edi. Ammo Injillarda aytilganidek, Iso rimliklar tomonidan hibsga olinganda, Pyotr uni haqiqatan ham uch marta inkor qilgan va “Men bu odamni tanimayman” degan.

Pyotr uch marta inkor qilgan deb hisoblansa, qanday qilib u aziz maqomiga koʻtarilgan? Yuhanno Injilida Iso tirilgandan keyin Pyotrdan uch marta “Meni yaxshi koʻrasanmi?” deb soʻragan. Pyotr ham uch marta yaxshi koʻrishini aytgan va shunday qilib kechirilgan. Matto Injilida esa bu kechirimdan keyin Iso Pyotrga: “Sen bir toshsan va men cherkovimni shu tosh ustiga quraman” degan. Bu soʻz katolik eъtiqodiga koʻra Pyotrni birinchi papa deb eъlon qilish edi.

Iso Masihdan keyin Pyotr Quddusda vaъzlar aytib davom ettirdi, soʻng Antakiya va Rimga bordi. Rimda missionerlik ishlarini olib borib turganida hukumat tomonidan ushlanib, xochga mixlab oʻldirildi. Shu voqeadan soʻng Rimdagi nasroniylar uni maъnaviy etakchi sifatida qabul qilishdi. Papalik tushunchasi aynan shu asosda shakllandi. Keyingi barcha papalar Pyotrning vorisi deb hisoblandi.

Pyotrning oʻldirilishi ortidan dastlabki 300 yil mobaynida nasroniylik Rimda rasmiy din boʻlmagani uchun papalik qudratli emas edi. 313 yilda Milan farmoni bilan nasroniylik erkinlikka erishdi, 380-yillarda esa Teodosiy farmoni bilan rasmiy din deb eъlon qilindi. Shu tariqa papa Gʻarbning eng qudratli ruhoniy etakchisiga aylandi. 476 yilda Gʻarbiy Rim imperiyasi qulaganidan soʻng, siyosiy boʻshliqni papalik toʻldirdi va qudrati yanada oshdi. 800 yilda papa franklar qiroli Sharlmanni toҷ kiydirdi. Ammo Gʻarbiy qirollar papalikning har sohadagi hukmronligidan norozi boʻla boshladilar. Nemis qirollari bilan papalar oʻrtasida episkoplarni tayinlash huquqi borasida katta mojaro yuzaga keldi. Baъzi imperatorlarning papalik tomonidan aforoz qilinishi ziddiyatni kuchaytirdi.

1309 yilda papalar Frantsiyaga koʻchirilishiga qaror qilindi. Papalar bu erda 70 yil yashadi, bu davr nasroniylik tarixida “Bobil qochqini” deb ataladi. Bu qochqinlikdan keyin papalik ichida ham boʻlinishlar boshlandi. Bir vaqtning oʻzida bir nechta papa saylandi, tartibsizlik va ziddiyat kuchaydi. Papalik institutining qonuniyligi shubha ostiga olindi. 1414–1418 yillarda Konstants kengashi chaqirilib, yana bitta papa saylashga qaror qilindi.

Ammo inqirozlar shu bilan tugamadi. Keyin protestant islohotlari boshlandi. Martin Lyuter katolik cherkovini qattiq tanqid qilib, papalik hokimiyatini zaiflashtirdi. Shunga javoban Trent kengashi qarorlari asosida katolik islohotlari amalga oshirildi va papalik qayta tashkil etildi.

1870 yilda Italiya birlashganida, Rim yangi tashkil etilgan Italiya qirolligiga qoʻshildi. Italiya millatchilari “Birlashgan Italiya poytaxti Rim boʻladi!” deya papalik boshqaruviga barham berishdi. Shundan soʻng papalar 1870–1929 yillarda "Vatikan mahkumi" deb ataldi. Papalik Italiyani tan olmadi, Vatikandan tashqariga chiqmadi, rasmiy marosimlarda ishtirok etmadi. Bu toʻliq inqiroz va norozilik davri boʻldi.

1929 yilda Italiya va Vatikan oʻrtasida Lateran shartnomasi imzolandi. Ushbu shartnoma bilan Vatikan Davlati tashkil etildi va mustaqil davlat maqomiga ega boʻldi.

Mavzuga aloqador