Xorijlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasi taъlim sifatini tanqid qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olayotgan hindistonlik 1-kurs talabasi taъlim sifati pastligi va oʻqituvchilarning ingliz tilida erkin gaplasha olmasligidan shikoyat qilgani aks etgan xabar tarqaldi.
Uning aytishicha, oliygohda asosiy tibbiy fanlar etarlicha oʻqitilmayapti, darslar bekor qilinishi yoki qisqarishi odatiy holga aylangan.
“4 soatlik ingliz tili darsiga majburlashadi, anatomiya esa bor-yoʻgʻi 20 daqiqa. Imtihonlar esa jiddiy emas — PDFdagi 50 ta savolni yodlash kifoya”, deydi talaba.
Shu bilan birga, talabaning postida turar joy sharoiti qoniqarsizligi ham tilga olingan. U akademiya maъmuriyati va ayrim oʻqituvchilarning muomalasidan ham norozi ekanini bildirgan.
Ammo masalaning ikkinchi tomoni ham bor: chet ellik talabalar Oʻzbekistonda tibbiy taъlim olishni qator sabablarga koʻra tanlashadi — kontrakt narxlari past, taъlim jarayoni engil va shart-sharoitlar qulay.
Hozircha rasmiylar bu masala yuzasidan izoh bermagan.