08.07.2025 12:02
43
Xorijdan qaytgan oʻzbekistonliklar OIVga majburiy tekshirilishi mumkin
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 8 iyuldagi majlisida 90 kun yoki undan ortiq muddat chet elda boʻlib qaytgan oʻzbekistonliklar va xorijliklarni OIVga majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish koʻzda tutilgan qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Qonun loyihasi bilan uzluksiz 90 kun va undan ortiq muddat davomida chet elda boʻlib qaytgan 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolarini majburiy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish belgilanmoqda.
Shuningdek, xorijdan qaytgan Oʻzbekiston fuqarolari OIVga majburiy tibbiy tekshiruvdan Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan oʻtkazilishi nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi oʻqishda ham qabul qilindi va Senatga yuborildi.