12.02.2025 13:54
325
Xitoyni tark etishga uringan uygʻur 19 yilga qamaldi
Xitoy hukumati uygʻurlarga nisbatan qatagʻon siyosatini davom ettirmoqda: Sharqiy Turkistonlik Abdulqodir Abdurrahmon mamlakatni tark etishga uringani uchun 19 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Maъlum qilinishicha, 2015 yilda Abdurrahmon Yunnan provintsiyasi orqali Xitoyni tark etishga uringan. Biroq u politsiya tomonidan hibsga olingan.
Tanishlarining soʻzlariga koʻra, erkak Xitoyda jinoyat hisoblanadigan anъanaviy islomiy nikohdan oʻtganlikda ham ayblanmoqda.
Oldinroq 49 yoshli uygʻur ayol ham bolalari va qoʻshnisiga Qurъon oyatlarini oʻrgatgani uchun 17 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.