07.12.2023 20:34
Uygʻur genotsidi! Uygʻurlar uchun "chiqish yoʻli" bormi?
Agar siz Gitler oʻrnida boʻlganingizda Ikkinchi jahon urushida yutgan boʻlarmidingiz, Amerikaliklar siyosiy o’yinlar ila SSSRni tarqatib yubormaganlarida hali ham sotsializm muhitida yashashni tasavvur qila olarmidingiz. Hali ham yahudiylar yoki ular kabi xalqlar taqib qilinishiga ishonasizmi. Yo’q biz bugun bunday gʻayriinsoniy voqealar qabul qilinmaydigan zamonaviy, ijtimoiy va demokratik zamonda yashayapmiz. Nima deb oʻylaysiz bu fikr toʻgʻrimi?
Bugun siz bilan dunyo eʼtiboridan chetda qolayotgan, juda katta taqiblar va tahdidlar ostida yashayotgan xalq taqdiri haqida suhbatlashamiz. Gap zamonaviy konslagerlarda saqlanayotgan mazlum xalq haqida boradi...
Demak boshladik.... Uygʻurlar...
Shinjon Xitoy Xalq Respublikasi tarkibiga kiruvchi avtonom hudud. Mintaqada asosan musulmonlardan iborat uygʻurlar istiqomat qiladi. Uygʻurlar Xitoyda tan olingan eng yirik etnik guruhlardan biri boʻlib, hozirda kunda Shinjonda 11 millionga yaqin uygʻurlar yashaydi. Xalq oʻzining chuqur tarixi, madaniyati va tiliga ega ekanligi sabab, mustaqillikka erishishni xohlaydi. Biroq Xitoy hukumati bunga juda keskin ravishda qarshilik koʻrsatadi. Bunga yaqqol misol qilib 1997-yildagi portlashlar va 2009-yildagi Urumchidagi norozilik namoyishlarini misol qilishimiz mumkin. Ushbu voqealardan soʻng hukumat uygʻurlarga qarshi keskin kurash boshladi. Nomi chiqqan yetakchi va mashhur uygʻurlar jismonan yoʻq qilindi. Norozilik faqat qurol yo’li bilan bostirilib, ko’plab uygʻurlar taqib ostiga olindi. Shinjondagi uygʻurlar ichida xitoylashtirish siyosati boshlandi. Qarshilik ko’rsatganlar esa keskin jazolandi. Ammo bu hali hammasi emasdi...
Bundan bir necha yil avval Sputnik maʼlumotlariga ko’ra Xitoyda turli shakldagi atrofi oʻrab olingan va kuchli qo’riqlanadigan lagerlar joylashuvi haqidagi maʼlumotlar tarqaldi. Xitoy buni rad qilolmagan boʻlsada, siyosiy tomonlama chap berishni uddaladi. Ushbu lagerlar haqiqatan ham qurilayotganligi va ushbu lagerlarda uygʻurlarga kasb hunar boʻyicha maʼlumotlar berilishi taʼkidlandi. Ammo bu lagerlar aslida qoʻshtirnoq ichidagi lagerlar bo’lib, Ikkinchi jahon urushidagi nemis konslagerlarini yodga solib yubordi. Xitoy davolarni rad etsada, bir nechta rasmiy saytlar lagerlardagi uygʻurlarning real ahvolini ko’rsatib berdi. Qoʻshtirnoq ichidagi lagerlarda Xitoy tili madaniyati va tarixi majburan oʻrgatiladi, baʼzi rasmiy va norasmiy manbaalarga koʻra lagerlardagi uygʻurlar har kuni nomaʼlum tabletkalar isteʼmol qilishadi. Qiyin sharoitlar sabab o’z joniga qasd qilish ommaviy tusga kirgan. Kichkina xonada 50 ga yaqin uygʻurlar yashashga majbur. Xitoyliklar islom dinini toptash va o’z dinini uygʻurlarga singdirish maqsadida bir necha ekperimentlar sinab koʻrishmoqda. Jumladan uygʻurlar islom dinida taqiqlangan choʻchqa goʻshtini yeyishga va spirtli ichimliklar ichishga majbur qilinadi. Xitoy hukumati esa bu jarayonlarni doimo rad etib keladi va baʼzilariga ekstremizmga qarshi kurash sifatida talqin beradi. Yuqoridagi fikrlarni eshitgan va tarixni maʼlum darajada bilgan shaxs uygʻurlarni qay darajada qiynalyotganligi, siyosiy va jismoniy bosim ostida ekanligini tushunib yetadi.
Endi masalaga siyosiy tus beramiz va ozgina ortga qaytamiz.
Bundan 2 yıl avval Amerika rasmiy ravishda Afgʻonistondan chiqib ketdi. AQSh 20 yillik urinishlar sabab, yirik harbiy mablagʻlar yoʻqotgan boʻlsa-da, Afgʻoniston orqali Markaziy Osiyo, Eron va Rossiyaga katta siyosiy taʼsir koʻrsatdi. Ammo...
Ammo soʻnggi yillarda Xitoyning kuchli iqtisodiy imkoniyatlari va dunyo hamjamiyatiga taklif qilayotgan “yumshoq kuch” siyosatining AQShga salbiy tasiri sabab Qo’shma Shtatlar Rossiya yoki Erondan koʻra Xitoyga koʻproq etibor qaratmoqda. Sababi Xitoy birgina iqtisodiy potensiali sabab AQShning dunyo moliyaviy gegemonligiga juda katta toʻsiq boʻlmoqda. Shuningdek, Xitoyning armiya qudrati va partiya yuritayotgan ehtiyotkorona ichki va tashqi siyosati tufayli AQSh Xitoyga nisbatan bevosita qandaydir siyosiy yoki amaliy hodisalar uyushtira olmaydi.
Ammo...
Ammo fikrimizcha AQSh Xitoy hukumatini qiyin ahvolga solib qoʻyishi mumkin. Xoʻsh qanday qilib?
AQShning sobiq prezidenti Jon Karter aytganidek, “Kurdlar Yaqin Sharqda AQSh yoqishi mumkin boʻlgan, soʻngi gugurt tayoqchasidir”. Kurdlar Xitoydan ancha uzoq boʻlganligi sababli, AQSh shu “gugurt tayoqchasi” sifatida uygʻurlarni ishga solishi va ularga moliyaviy hamda siyosiy yordamlar orqali ularni mustaqil hududga aylantirishi mumkin. Bu esa ham AQsh ham uygurlar manfaati uchun qo’l keladi. VALLAHU ALAM. Bunga bir nechta sabablar mavjud:
Avvalo, 2020-yil noyabr oyida sobiq davlat kotibi Mayk Pompeo, uygʻurlarning “Turkiston islom harakati” deb nomlangan guruhini rasman terroristik tashkilotlar roʻyxatidan chiqardi. Bundan tashqari yaqin vaqtgacha Xitoydagi genotsidga hech qanday pozitsiya bildirmayotgan, AQSh yaqin 2 yildan uygʻurlarni himoya qilib, Xitoylarni genotsid uyushtirish va inson huquqlarini buzishda ayblamoqda. Xoʻsh nima deb oʻylaysiz AQSh uygʻurlardan foydalanib, Xitoyga zarba beradimi yoki Xitoy musulmon boʻlgan xalq uygʻurlarga bosim oʻtkazishda davom etadimi? Ne bo’lganda ham dindoshlarimizning ertangi taqdiri hamon munozarali masala bo’lib qolmoqda…
Albatta hammasi Allohga ayondir!
Musulmon boʻlganligimiz, yagona tarix, din va etnik birlikka egaligimiz uchun shaxsan men uygʻurlarning mustaqil davlatini yoqlab chiqqan boʻlardim. Alloh kofirlarga insof, musulmon jamoasiga sabru-qanoat bersin!