Xitoyga borgan Turkiya TIV rahbari uygʻurlar masalasiga imo-ishora tilida munosabat bildirdi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Xitoyga yuqori
darajadagi tashrifi chogʻida uygʻurlarning huquqlari toptalayotgani haqida lom-mim
demadi. Bu haqda "Union Turan" Telegram-kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, TIV rahbari Pekin bilan aloqalarni yanada
mustahkamlamoqchi, biroq uygʻurlarning huquqlari borasida dilemmaga duch kelmoqda.
"Fidan uygʻurlarning huquqlari va madaniyatini himoya
qilish uchun jimgina lobbichilik qildi", – degan ikki turk rasmiysi "Middle
East Eye" nashriga bergan intervʻyusida.
Maʻʻlum boʻlishicha, Fidan Pekinda xitoylik mavqedoshi Van I va
vitse-prezident Xang Chjen bilan uchrashgan.
Tashrif davomida Fidan Shinjon muxtoriyatiga ham borib,
uygʻurlar bilan koʻrishgan. Milliy ozchilik bayrogʻi rangidagi turkuaz galstuk taqib
olgan vazir "Qoshgʻar va Urumchi
shaharlarini Xitoy va turk dunyosini bogʻlovchi koʻprik", deb atagan.
Maʻʻlumot uchun, 2022 yil uchun inson huquqlari holati boʻyicha
BMT hisobotida Xitoy uygʻurlarga nisbatan genotsid sodir etishda ayblanmoqda.