EI uygʻurlarning majburiy mehnatidan foydalanilgan tovarlarni taqiqlashi mumkin
Evroparlament va EI Kengashi Xitoy avtomobilʻ sanoatida Shinjon-Uygʻur avtonom tumanida uygʻurlarning majburiy mehnatidan foydalanib ishlab chiqarilgan mahsulotlarni taqiqlashga kelishib oldi. Gap asosan Xitoy avtomobillarida qoʻllanilayotgan alyuminiyning uygʻurlar majburiy mehnatidan foydalanib ishlab chiqarilayotgani haqida ketmoqda.
Human
Rights Watch tashkiloti Evropa Ittifoqini Xitoyning tez rivojlanayotgan
avtomobilʻ sanoatini Shinjon-Uygʻur avtonom rayonidagi (ShUAR) majburiy mehnat
bilan aloqador qonun loyihasini qabul qilishga chaqirdi.
5 mart
kuni Evroparlament va EI Kengashi qonun loyihasini kelishib, uygʻurlarning
majburiy mehnatidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni taqiqlashga
kelishib olgan va kecha, 13 mart kuni Evropa Ittifoqi davlatlari hukumatlari unga
ovoz berishlari kutilayotgan edi.
“Dunyo
miqyosida avtomobillar, xususan, elektromobillar ishlab chiqarishda muhim material hisoblangan
alyuminiyning qariyb 10 foizi ShUARda ishlab chiqariladi, bu erda Xitoy
hukumatining “ishchi kuchi bilan taʻʻminlash dasturlari” etnik uygʻurlar va boshqa
turkiy musulmonlarni oʻz uylaridan uzoqdagi fabrika va omborlarda ishlashga majbur
qiladi. [...] Xitoyda avtomobilʻ ishlab chiqaradigan yoki Xitoydan ehtiyot
qismlar sotib oladigan kompaniyalar majburiy mehnatdan foydalanish xavfi ostida”, — deya
xabar beradi inson huquqlari tashkiloti.
2022 yilda AQShda
uygʻurlarning majburiy mehnatiga qarshi shunga oʻxshash qonun kuchga kirgan edi. Ushbu hujjat bilan Shinjon-Uygʻur avtonom
tumanida qisman yoki toʻliq ishlab chiqarilgan tovarlarning Qoʻshma Shtatlarga import
qilinishi taqiqlanadi.
“AQShning
yangi qonuni Xitoyda, xususan, Shinjonda majburiy mehnatdan foyda koʻruvchi
kompaniyalar endi odatdagidek biznes yurita olmasligini anglatadi. [...]
AQSh bojxona xizmati biznesga, Xitoyga va Amerika jamoatchiligiga AQSh hukumati
majburiy mehnat va uygʻur xalqiga nisbatan sodir etilgan insoniyatga qarshi jinoyatlarni eʻʻtibordan
chetda qoldirmasligi haqida xabar yuborishi juda muhim”, - degan edi HRW korporativ masʻʻuliyat boʻlimining katta
ilmiy xodimi va advokati qabul qilingan qonunni sharhlar ekan.