28.08.2025 10:31
32
Xitoydagi gʻalaba paradida Mirziyoev ham qatnashadi
Xitoy Yaponiyaning Ikkinchi Jahon urushidagi magʻlubiyati munosabati bilan boʻlib oʻtadigan “Gʻalaba kuni” paradiga jiddiy tayyorgarlik koʻrmoqda. Ushbu parad Xitoy raisi Si Tszinьpin uchun yirik tadbirlardan biri hisoblanadi. Paradda eng soʻnggi zenit raketalari, jangovar dronlar va yadroviy ballistik raketalar ham namoyish etilishi kutilmoqda.
Bloomberg nashrining yozishicha, Pekin bu orqali hatto AQShga ham zarba bera oladigan qurollari borligini bildirib qoʻymoqchi.
CCTVning maъlum qilishicha, Xitoydagi xotira tadbirlarida 26 mamlakat etakchilari qatnashadi.
Telekanal taklif etilgan mehmonlar roʻyxatini keltirdi, ular orasida jumladan:
Rossiya prezidenti Vladimir Putin, KXDR rahbari Kim Chen In, Eron prezidenti Masъud Pezeshkiyon, Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmard Toʻqaev, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va boshqa siyosatchilar ham bor.
Harbiy parad 3 sentyabr kuni oʻtkaziladi. Bu tadbirlar aksilyapon kayfiyatida oʻtishini nazarda tutib, oʻtgan hafta Yaponiya hukumati oʻz diplomatik kanallari orqali Osiyo va Evropa mamlakatlarini Pekindagi xotira tadbirlarida qatnashmaslikka chaqirgan.