15.07.2025 07:05
138
Xitoyda uygʻur 25 yilga qamaldi: BMT hukmni qoraladi
Avstraliyalik hamshira turmush oʻrtogʻi – uygʻur millatiga mansub Mulizati Tayerni ozod qilish uchun faol kampaniya boshladi. Oldinroq, BMT Xitoyda Tayerning qamoqqa olinishini noqonuniy deb baholagan edi.
Gap shundaki, 2020 yili, Tayerga “separatizm” va “terrorizm” ayblovlari bilan 25 yillik qamoq jazosi tayinlangan. Bu hukm u turmush oʻrtogʻi bilan Melьburnga uchish arafasida chiqarilgan. Advokatlar ushbu hukmning mutlaqo adolatsiz ekanini aytishmoqda.
BMT maъlumotlariga koʻra, Xitoy hukumati unga qarshi biror-bir ishonchli dalil taqdim etolmagan. Qamoqqa olish qarorlari esa asosan quyidagilarga tayanadi:
— uning uygʻur millatiga mansubligi;
— Islom diniga eъtiqod qilishi;
— Turkiyada boʻlganligi.
Tayer oldin ham uch marta ordersiz ushlangan: 2017 yili esa “qayta tarbiyalash lageri”da 10 oy saqlangan. U erda turliazob-uqubatni boshidan kechirgan.