20.05.2025 12:30
180

Xitoy Sharqiy Turkistonning soxta tarixini yaratmoqda



Xitoyning Bugur shahrida “Gʻarbiy mintaqalar gubernatori qarorgohi” nomli muzey ochildi. Bu rasmiy Pekinning Sharqiy Turkistonni bosib olinishini oqlashga qaratilgan navbatdagi targʻibot vositasi hisoblanadi. 

Eъtiborlisi xitoylik targʻibotchilar muzeyning ochilish marosimida “Sharqiy Turkistonning asrlar davomida xitoyliklarga tegishli ekani” haqidagi asossiz gʻoyalarni ilgari surgan.

Mahalliy OAV xabarlariga koʻra, muzeyda 463 ta eksponat mavjud boʻlib, u besh boʻlimga ajratilgan: jumladan unda “Gubernator qarorgohining barpo etilishi” va “Gʻarbiy erlarni boshqarish” kabi boʻlimlar ham bor. 

Eksponatlar orasida Pekin daъvo qilayotganidek, mintaqada yuqori lavozimli xitoylik amaldorlar tomonidan ishlatilgan bronza qoʻngʻiroq ham mavjud.

Xitoy Sharqiy Turkistonni miloddan avvalgi 60-yilda oʻz tarkibiga qoʻshganini daъvo qilib, bu fikrni OAV, darsliklar va rasmiy chiqishlar orqali takrorlab keladi. 

Bu bilan rasmiy Pekin mustaqillikka oid fikrlar tarixan mavjud boʻlgan Sharqiy Turkistonda “Bu erlar Xitoyga tegishli” pozitsiyasini ilgari surib, har qanday ozodlik talabini "ayirmachilik harakati" sifatida baholamoqda.

Mavzuga aloqador