09.05.2025 12:39
98
Xitoy Sharqiy Turkistonni talon-taroj qilyapti
Xitoy "Sinzyanga yordam va rivojlanish" nomi ostida Sharqiy Turkistonning tabiiy boyliklarini oʻzlashtirish va majburiy mehnat markazlarini kengaytirishga qaratilgan 500 ta yirik loyihani amalga oshirmoqchi.
Maъlum qilinishicha, Xitoy Sharqiy Turkistonda umumiy qiymati 3,47 trillion yuan boʻlgan loyihalarni amalga oshirmoqchi.
Yillik rejaga koʻra, loyihalarga 406,9 milliard yuan mablagʻ yoʻnaltirilishi koʻzda tutilgan boʻlib, bu oʻtgan yilga nisbatan 56 milliard yuanga koʻpdir.
Shuningdek, 500 ta loyiha ichida 443 tasi suv resurslari, elektr tarmoqlari, neft va tabiiy gaz quvurlari, koʻmirni qayta ishlash va boshqa tabiiy resurslar bilan bogʻliq.