27.05.2025 11:31
114

Xitoy Sharqiy Turkistonni qanday talon-taroj qilyapti?



Xitoy bugun dunyodagi muhim minerallarni etkazib beruvchi asosiy davlatga aylangan: sababi Sharqiy Turkistonning tabiiy boyliklari Xitoyning asosiy manbai boʻlib xizmat qilmoqda.

Xalqaro energiya agentligi hisobotiga koʻra, yashil energiya uchun muhim boʻlgan mis, litiy, kobalt, grafit kabi minerallar asosan bir nechta davlatlar tomonidan nazorat qilinadi. 2024 yilga borib ularning global bozordagi ulushi 86 foizga etgan. 

Xitoy esa dunyoning 20 ta muhim minerallaridan 19 tasini qayta ishlaydi va oʻrtacha 75 foiz bozor ulushini egallaydi.

Xitoyning asosiy eksportchi davlatga aylanishida Sharqiy Turkistonning talon-toroj qilinishi muhim ahamiyatga ega boʻlmoqda. 

Xitoy rejimi maъlumotlariga koʻra, Sharqiy Turkistonning tabiiy boyliklari nihoyatda katta boʻlib, u erda 153 turdagi minerallar aniqlangan. Shundan 103 turi boʻyicha tasdiqlangan zaxiralar mavjud. 

Bu esa, Xitoydagi umumiy mineral boyliklarning 88 foizini tashkil etadi.

Mavzuga aloqador