23.06.2025 11:31
41
Xitoy Sharqiy Turkistondagi genotsid siyosatini oqlashga urinmoqda
Xitoy "Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni" tashkil etilganining 70 yilligini nishonlash bahonasida "Chegara boʻylab oʻn ming kilometr" nomli keng koʻlamli propaganda kampaniyasini boshladi.
"Tengri Tag" nashrining xabar berishicha, ushbu kampaniya doirasida 50 dan ortiq xitoylik jurnalist Xorgos chegara punktidan yoʻlga chiqib, Sharqiy Turkiston sarhadlari boʻylab sayohatga chiqqan. Kampaniyaning maqsadi – nazorat punktlari va chegara oʻtish joylarida mahalliy aholining hukumatdan roziligini koʻrsatuvchi soxta materiallar tayyorlashga qaratilgan.
Xitoy ushbu yubiley sanasidan ommaviy axborot vositalari orqali oʻz bosqinchiligini va uygʻurlarga nisbatan genotsid siyosatini oqlash uchun foydalanmoqda. Ayniqsa, rasmiy Pekin chegaralar ustidan nazoratni kuchaytirish va harbiy mavjudlikni oshirishga alohida eъtibor qaratyapti.