10.04.2025 14:04
259

Xitoy kompaniyasi Fargʻonada metallurgiya zavodi qurmoqchi

Fargʻona viloyati Toshloq tumanida Xitoyning Shandong Aipurui Steel Plate Co., Ltd. kompaniyasi tomonidan metallurgiya zavodi qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Fargʻona viloyati hokimligi axborot xizmati maъlum qildi.


Aytilishicha, zavodning umumiy qiymati 120 million dollardan ortiq boʻlib, loyiha uch bosqichda amalga oshiriladi.


Qurilish jarayonida 500 ta yangi ish oʻrni yaratiladi va birinchi bosqichning ishga tushishi 2025 yil oktyabrь oyiga belgilangan, deyiladi xabarda.


Investor Xan Szunbay zavodda qayta ishlangan metalldan sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqariladi, ular ichki bozorga va eksportga yoʻnaltiriladi, deya taъkidladi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov esa, bu loyiha boʻyicha ishlarning jadal olib borilayotganini maъlum qildi.


Shuningdek, Shandong kompaniyalari Fargʻona viloyatining Dangʻara tumanida ham qurilish materiallari zavodi va paxta terish mashinalarini yigʻish markazi qurishni reja qilgan.

Mavzuga aloqador