Oʻzbekiston Xitoy bilan yangi hamkorlik kelishuvlarini imzoladi
Xitoy kompaniyalari Oʻzbekistonning ikki hududida shamol va quyosh elektr stansiyalari quradi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Birinchi Samarqand xalqaro iqlim forumi doirasida vazirlik hamda Xitoy kompaniyalari oʻrtasida “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi investitsiya bitimi imzolandi.
Xususan, SANY Renewables International Investment Co., Ltd. kompaniyasi bilan Qoraqalpogʻistonda shamol elektr stansiyasini qurishga kelishildi. Uning quvvati 1000 MVtni tashkil etadi.
Ikkinchi loyiha China Electrical Equipment International Company Limited Jizzax viloyatining Forish tumanida 500 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurishni nazarda tutadi.
Maъlumot oʻrnida, 2030 yilgacha mamlakatda 19 ming MVt “yashil” quvvatlarni barpo etish orqali qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54%ga etkazish rejalashtirilgan.