13.03.2025 12:08
272

Xitoy genotsidni yashirmoqda: Pekinda gʻarblik jurnalistlar uchun sahnalashtirilgan tomosha

Xitoy hukumati 9 mart kuni Pekinda xorijiy jurnalistlar ishtirokida tadbir tashkil qilib, Sharqiy Turkistondagi siyosatini oqlashga urindi.  

Biroq rasmiy shaxslarning chiqishlari faqatgina jahon jamoatchiligini chalgʻitishga qaratilgan navbatdagi harakat boʻlib chiqdi.  

Hukumatga yaqin "Tengri Tag" nashrining maъlumotlariga koʻra, soxta "Uygʻur Avtonom Rayoni delegatsiyasi" XXR Butunxitoy xalq vakillari yigʻilishi (VSNP) sessiyasida ochiq yigʻilish oʻtkazgan.  

Xitoy rasmiylari esa, Sharqiy Turkistondagi vaziyat boʻyicha savollarga javob berib, gʻarbiy OAVni oʻz versiyalariga ishontirishga urindi.  

Biroq haqiqat butunlay boshqacha manzarani koʻrsatmoqda. Xitoy yillar davomida Sharqiy Turkiston aholisini qatagʻon qilib, buni "uch yovuz kuch"ga qarshi kurash deb atab kelmoqda.  

Shuningdek, genotsid siyosati doirasida Pekin islomni xitoylashtirish siyosatini olib borib, diniy marosimlar va islomiy amaliyotga qattiq taqiq qoʻymoqda.  

Huquq himoyachilarining maъlumotlariga koʻra, taxminan 16 mingdan ortiq masjid buzilgan yoki vayron qilingan, saqlanib qolganlari esa bar, kafe va boshqa islomga aloqador boʻlmagan maskanlarga aylantirilgan.

Mavzuga aloqador