30.05.2025 09:25
210

Xitoy "genotsid turizmi" orqali 400 million sayyohni jalb qilmoqchi

Xitoy "genotsid turizmi" orqali 400 million sayyohni jalb qilmoqchi

Xitoy Sharqiy Turkistonda amalga oshirayotgan jinoyatlarini yashirish uchun "genotsid turizmi"ni rivojlantirishga urinmoqda.

Jumladan, Aksu viloyati Kuchar shahrida Shinjonda sayyohlikni rivojlanish konferentsiyasi oʻtkazildi. Bu orqali Xitoy "Kushon davri" tsivilizatsiyasining qudratini hamda Xitoy madaniyatining rang-barangligini koʻrsatishga harakat qilmoqda.

Konferentsiyada Xitoyda yashovchi 33 davlatning elchilari, shuningdek, davlat va biznes vakillari ishtirok etgan.

Hukumat 2030 yilga kelib Sharqiy Turkistonga yiliga 400 milliondan ortiq sayyohni jalb qilishni va taxminan bir trillion  yuanga yaqin daromad olishni rejalashtirmoqda.

Oldinroq, Kuchar shahrida qadimiy er osti qabristoni muzeyi ochilib, ilmiy asosga zid tarzda talqin qilingan edi. Rasmiylar bu qabristondan “Sharqiy Turkiston tarixan Xitoy hukmronligi ostida boʻlgan" mazmunidagi targʻibotni olib borish uchun foydalanmoqda. 

Mavzuga aloqador