17.05.2025 14:32
33
Xitoy, Eron, Turkiya, Qozogʻiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston temir yoʻl tariflarini kelishib oldi
Tehronda Xitoy, Eron, Turkiya, Qozogʻiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston vakillari temir yoʻl orqali yuk tashish tariflarini muvofiqlashtirish boʻyicha kelishuvga erishdi. Ushbu kelishuv Xitoydan Evropagacha boʻlgan yuk oqimini Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq orqali oshirishga qaratilgan transport koridorini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Uchrashuvda ishtirokchilar konteyner tashish hajmini oshirish, etkazib berish muddatlarini birxillashtirish va logistika jarayonlarini soddalashtirish boʻyicha hamkorlik qilishga tayyorliklarini bildirgan. Shuningdek, ushbu yoʻnalishni xalqaro transport bozorida ilgari surish masalasida hamfikr boʻlishgan.
Qozogʻiston temir yoʻllari kompaniyasining maъlumotlariga koʻra, 2025 yilning yanvarь-aprelь oylarida Xitoydan Eron yoʻnalishida Qozogʻiston orqali oʻtgan konteyner tashish hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 2,6 baravarga oshgan. Bu esa mazkur transport yoʻlagining Evrosiyoda ahamiyati ortib borayotganini koʻrsatadi.
Ushbu tashabbus Xitoy–Qozogʻiston–Oʻzbekiston–Turkmaniston–Eron–Turkiya–Evropa temir yoʻl yoʻlagini yanada raqobatbardosh va ishonchli transport yoʻnalishiga aylantirishga qaratilgan. Bu esa Osiyo va Evropa oʻrtasidagi savdo aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilishi aytilmoqda.